https://oz.sputniknews.uz/20250417/ozbekiston-afgoniston-tuproq-klinika-48924982.html
O‘zbekiston afg‘onistonlik mutaxassislarga “Tuproq klinikasi”dan foydalanishni o‘rgatmoqda
O‘zbekiston afg‘onistonlik mutaxassislarga “Tuproq klinikasi”dan foydalanishni o‘rgatmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Laboratoriyadan to‘liq va samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida amaliy o‘quv mashg‘ulotlar tashkil etildi. 17.04.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-04-17T16:19+0500
2025-04-17T16:19+0500
2025-04-17T16:19+0500
jamiyat
o‘zbekiston
afg‘oniston
qishloq xo‘jaligi vazirligi
qishloq xo‘jaligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/11/48924636_0:1:1280:721_1920x0_80_0_0_6fc79b30bade5b69d2eba487c954e180.jpg
TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Afg‘onistonda “Tuproq klinikasi” bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda, deya xabar berdi Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati. Ayni kunlarda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi Tuproqshunoslik va agrokimoviy tadqiqotlar institutining ikki nafar yetakchi ilmiy xodimi xizmat safari bilan Afg‘onistonda bo‘lib turibdi. Mazkur tashrif Afg‘oniston bilan agrar sohadagi hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, istiqboldagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan. Shu yilning mart oyida O‘zbekiston Afg‘oniston “Tuproq klinikasi” mobil laboratoriyasini topshirgan. Laboratoriyadan to‘liq va samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida amaliy o‘quv mashg‘ulotlar tashkil etildi. “Tuproq klinikasi” mobil laboratoriyasi dalaning o‘zida ekin vegetatsiyasining turli bosqichlarida tuproqning meliorativ holatini, oziqa moddalari bilan ta’minlanganlik darajasini hamda boshqa agrokimoviy ko‘rsatkichlarini tez va aniq aniqlash imkonini beradi. Laboratoriya asbob-uskunalari yordamida harakatchan azot (ammoniy va nitratlar), harakatchan kaliy va harakatchan fosfor miqdorlari fotometrik usulda, sho‘rlanish darajasi konduktometrik usulda aniqlanadi.
https://oz.sputniknews.uz/20250408/afgoniston-ozbekiston-dori-darmonlar-48776473.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/11/48924636_160:0:1121:721_1920x0_80_0_0_7b64022fb3bb30bd686d529e3c532b13.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, afg‘oniston, qishloq xo‘jaligi vazirligi, qishloq xo‘jaligi
jamiyat, o‘zbekiston, afg‘oniston, qishloq xo‘jaligi vazirligi, qishloq xo‘jaligi
O‘zbekiston afg‘onistonlik mutaxassislarga “Tuproq klinikasi”dan foydalanishni o‘rgatmoqda
Laboratoriyadan to‘liq va samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida amaliy o‘quv mashg‘ulotlar tashkil etildi.
TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Afg‘onistonda “Tuproq klinikasi” bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda, deya xabar berdi Qishloq xo‘jaligi vazirligi
matbuot xizmati. Ayni kunlarda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi Tuproqshunoslik va agrokimoviy tadqiqotlar institutining ikki nafar yetakchi ilmiy xodimi xizmat safari bilan Afg‘onistonda bo‘lib turibdi.
Mazkur tashrif Afg‘oniston bilan agrar sohadagi hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, istiqboldagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan.
Shu yilning mart oyida O‘zbekiston Afg‘oniston “Tuproq klinikasi” mobil laboratoriyasini topshirgan. Laboratoriyadan to‘liq va samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida amaliy o‘quv mashg‘ulotlar tashkil etildi.
“Tuproqshunoslik va agrokimoviy tadqiqotlar instituti mutaxassislari tomonidan Afg‘oniston Qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya va chorvachilik vazirligi huzuridagi tuproq tahliliga ixtisoslashgan tashkilotning 20 nafar mutaxassisiga uslubiy va amaliy ko‘nikmalar o‘rgatilmoqda”, — deyiladi xabarda.
“Tuproq klinikasi” mobil laboratoriyasi dalaning o‘zida ekin vegetatsiyasining turli bosqichlarida tuproqning meliorativ holatini, oziqa moddalari bilan ta’minlanganlik darajasini hamda boshqa agrokimoviy ko‘rsatkichlarini tez va aniq aniqlash imkonini beradi.
Laboratoriya asbob-uskunalari yordamida harakatchan azot (ammoniy va nitratlar), harakatchan kaliy va harakatchan fosfor miqdorlari fotometrik usulda, sho‘rlanish darajasi konduktometrik usulda aniqlanadi.