Afg‘onistonda O‘zbekiston dori-darmonlarini ro‘yxatdan o‘tkazish muddati qisqartirilishi mumkin

© Press-slujba TPP RUzPredstaviteli Torgovo-promishlennoy palati Uzbekistana (TPP RUz) proveli peregovori s afganskoy storonoy
Predstaviteli Torgovo-promishlennoy palati Uzbekistana (TPP RUz) proveli peregovori s afganskoy storonoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2025
Obuna bo‘lish
Tomonlar farmatsevtika va stomatologiya yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni muhokama qildi.
TOShKENT, 8 apr – Sputnik. Afg‘onistonda O‘zbekiston dori-darmon vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish muddati olti oydan bir oyga qisqartirilishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi (SSP) matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston SSP raisi Davron Vahabov boshchiligidagi delegatsiya Afg‘oniston Islom Amirligining sog‘liqni saqlash vaziri Mavlaviy Nur Jalol Jaloliy bilan uchrashdi.
Uchrashuvda farmatsevtika sohasidagi hamkorlik bo‘yicha esa dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.
“Xususan, tadbirkorlar tomonidan Afg‘onistonda dori-darmon vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish muddati olti oydan bir oyga qisqartirilishi, shuningdek, bir marta import qilishga ruxsat berish tartibi joriy etish takliflari ilgari surildi”, - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, Afg‘oniston sog‘liqni saqlash vaziri ushbu tashabbuslarni to‘liq qo‘llab-quvvatladi.
Ushbu sharoitlar mahsulot sifati va raqobatbardosh narxlar bilan birgalikda O‘zbekiston farmatsevtika kompaniyalari uchun Afg‘oniston bozoridagi ulkan salohiyatni ro‘yobga chiqarish imkonini yaratadi. Joriy yil oxirigacha eksport hajmini 50 million dollardan oshishi mumkin.
Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, ayniqsa, farmatsevtika va stomatologiya yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ham muhokama qilindi.
Jumladan, Afg‘oniston tomoni Termiz shahrida stomatologiya bo‘yicha mutaxassis yoshlarni o‘qitish, aholiga stomatologik xizmat ko‘rsatishni kuchaytirish hamda 20 taga yaqin filial ochish bo‘yicha taklif bildirdi. Ushbu tashabbus minglab fuqarolarni tish muammolaridan xalos qilishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Laziz Kudratov provol vstrechu s ministrom torgovli Afganistana Nuruddinom Azizi
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.03.2025
O‘zbekiston va Afg‘oniston savdo hajmini 3 mlrd dollarga yetkazmoqchi
Yangiliklar lentasi
0