Andijonda Zahiriddin Muhammad Bobur sharafiga alohida shahar quriladi
09:18 16.04.2025 (yangilandi: 10:20 16.04.2025)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev 15-aprelya posetil narodnoe gulyanie, organizovannoe v parke "Yangi Uzbekiston" v Andijane.

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Andijondagi bog‘ning eng baland nuqtasida Zahiriddin Muhammad Boburning yangi, muhtasham haykali o‘rnatiladi.
TOShKENT, 16 apr — Sputnik. Zahiriddin Muhammad Bobur sharafiga alohida shahar bunyod etiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning Andijondagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrifi chog‘ida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, prezident andijonlik yoshlar bilan muloqotda ularga yuksak ishonch bildirdi.
“Davlatimizning eng ustuvor maqsadlaridan biri – yoshlar siyosati. Ta’lim-tarbiya, mahalla, bandlik, sport tizimlarida qilayotgan ishlarimiz farzandlarimizning manfaatlari uchun. Bizning yoshlarimiz qobiliyatli, iste’dodli. Bu iste’dod qachon yuzaga chiqadi? Mehnat bo‘lsa. Bilim olib, intilgan odam hech qachon kambag‘al bo‘lmaydi, ishini topadi. Siz ham o‘qib, izlanib, zamonaviy kasb-hunarlarni egallang. Baxtli bo‘lish uchun bugun zamin yaratishingiz kerak", — dedi Shavkat Mirziyoyev.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana

1/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana

2/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana

3/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana

4/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana

5/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana

6/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
1/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
2/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
3/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
4/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
5/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
6/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Andijonda quyidagilar amalga oshiriladi:
Yangi Andijon shahri qurilmoqda, qisqa vaqt ichida bu yerda “Yangi O‘zbekiston” bog‘i ham barpo etildi;
Zahiriddin Muhammad Bobur sharafiga alohida shahar bunyod etiladi;
shaharda ixtisoslashgan bog‘cha va maktab, universitet, muzey, kutubxona va IT-parkdan iborat yirik ta’lim klasteri barpo etiladi;
oliygoh tarkibida eng yuqori talablarga javob beradigan sport majmuasi ham quriladi.
“Bobur shahri milliy qadriyatlarimizni mujassam etadigan ma’naviy maskanga, yoshlar uchun ilhom va ibrat, parvoz maydoniga, yurtimizning yana bir turizm va madaniyat markaziga, zamonaviy texnologiyalar qo‘llangan “aqlli shahar”ga aylantiriladi. Bu shahar, xuddi buyuk shoir va mutafakkir Navoiy nomi qo‘yilgan azim shahar kabi, shonli tariximiz va kelajagimiz o‘rtasida ma’naviy ko‘prik bo‘ladi, yangi tariximizdan munosib o‘rin oladi. Hududdagi bog‘ning eng baland nuqtasida Zahiriddin Muhammad Boburning yangi, muhtasham haykali o‘rnatiladi”, — deyilgan xabarda.
Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun dastur qabul qilinib, 250 million dollar yo‘naltiriladi.