Andijon viloyatida 5,7 mlrd dollarlik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi
© Depositphotos / lighthouseMolodaya biznes-komanda rabotayet v protsesse vstrechi

© Depositphotos / lighthouse
Obuna bo‘lish
Yil yakuniga qadar umumiy 305 ming nafar aholini daromadli ish bilan ta’minlash maqsad qilingan.
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Bu yil Andijon viloyatida 5 milliard 700 million dollarlik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi, deya xabar berdi prezident matbuot xizmati.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida viloyatning 2025-yilda erishilishi rejalashtirilgan asosiy maqsadlarga oid taqdimot bilan tanishdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey ob osnovnix selyax, zaplanirovannix k dostijeniyu v Andijanskoy oblasti v 2025 godu.

Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey ob osnovnix selyax, zaplanirovannix k dostijeniyu v Andijanskoy oblasti v 2025 godu.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shu yilning birinchi choragida investitsiya loyihalari samarasida hamda tijorat banklari ishtirokida 77 ming nafar fuqaro ish bilan ta’minlangan.
2025 yilda Andijonda quyidagilar amalga oshiriladi:
5 milliard 700 million dollarlik 166 ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi. Bu orqali 31 mingta ish o‘rni ochiladi;
31 turdagi yangi mahsulot olish yo‘lga qo‘yilib, 1,5 milliard dollarlik eksport imkoniyati yaratiladi;
korxonalarni barqaror energiya bilan ta’minlash uchun 65 megavatt yangi quvvatlar barpo etiladi;
yil yakuniga qadar umumiy 305 ming nafar aholini daromadli ish bilan ta’minlash maqsad qilingan.
Taqdimotda iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, sanoatni rivojlantirish, yangi texnologiyalarni joriy etish va ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey ob osnovnix selyax, zaplanirovannix k dostijeniyu v Andijanskoy oblasti v 2025 godu.

Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey ob osnovnix selyax, zaplanirovannix k dostijeniyu v Andijanskoy oblasti v 2025 godu.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
“2025 yilda iqtisodiy o‘sish sur’ati 5,5 foizga yetishi kutilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Prezident mutasaddilarga loyihalarni o‘z vaqtida bajarib, aholini daromadli ish bilan ta’minlash, ishsizlarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida prezident ishtirokidagi yig‘ilishda Andijon viloyati hokimining investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilashga qaratilgan takliflari ma’qullangan edi.