Shavkat Mirziyoyev Andijon xalqaro aeroportini borib ko‘rdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev pribil v Andijanskuyu oblast i oznakomilsya s xodom modernizatsii mejdunarodnogo aeroporta Andijana.
Shavkat Mirziyoyev pribil v Andijanskuyu oblast i oznakomilsya s xodom modernizatsii mejdunarodnogo aeroporta Andijana. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2025
Obuna bo‘lish
Andijon xalqaro aeroportida parvozlar soni oshiriladi.
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga keldi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Tashrif chog‘ida davlat rahbariga Andijon xalqaro aeroportidagi modernizasiya ishlari haqida axborot berildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga keldi
Shavkat Mirziyoyev pribil v Andijanskuyu oblast i oznakomilsya s xodom modernizatsii mejdunarodnogo aeroporta Andijana. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga keldi
“Bugungi kunda rekonstruksiya ishlarining birinchi bosqichi bitkazildi. Uzunligi 3 ming 300 metr, kengligi 60 metr bo‘lgan yangi uchish-qo‘nish yo‘lagi, yurish yo‘lagi va samolyotlar to‘xtash joyi qurildi. Drenaj tizimi yangilanib, yer osti suvi qochirildi. Shuningdek, bu yerda ikkinchi yurish yo‘lagi qurilishi davom ettirilib, IKAO CAT-II toifasidagi radar, meteorologiya va yoritish uskunalarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Natijada Boeing, Airbus rusumidagi yirik samolyotlarni ham, noqulay ob-havo sharoiti va tungi vaqtlarda ham qabul qilish mumkin bo‘ladi. Bu kunlik parvozlar sonini 10 barobargacha oshirish imkonini beradi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaAndijon xalqaro aeroporti
Shavkat Mirziyoyev pribil v Andijanskuyu oblast i oznakomilsya s xodom modernizatsii mejdunarodnogo aeroporta Andijana. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2025
Andijon xalqaro aeroporti

“Endi ikkinchi bosqichda yo‘lovchi terminalini yangidan qurish ko‘zda tutilgan. Bu orqali yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish quvvati soatiga avvalgi 300 tadan 1000 taga, parvozlar soni yiliga 584 tadan 3 ming 700 taga ortadi. Bu Andijon shahri va Farg‘ona vodiysiga qatnovlar sonini ko‘paytirishga xizmat qiladi”, — deyilgan xabarda.

Faoliyatini qayta boshlagan aeroportda hozirda Toshkent – Andijon – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar amalga oshirilmoqda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaAndijon xalqaro aeroporti
Shavkat Mirziyoyev pribil v Andijanskuyu oblast i oznakomilsya s xodom modernizatsii mejdunarodnogo aeroporta Andijana. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2025
Andijon xalqaro aeroporti
Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yillarda Samarqand, Termiz, Urganch, Shahrisabz, Mo‘ynoq, Qo‘qon va Zomin aeroportlari yangilandi. Yana bir qator viloyatlarda modernizatsiya jarayonlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Andijon xalqaro aeroporti 20-martdan muntazam yo‘lovchi qatnovlarini qabul qila boshladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie po meram razvitiya investitsionnogo klimata i delovoy sredi, povisheniya blagosostoyaniya naseleniya v Namanganskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.11.2024
Transport “arteriya”lariga alohida ahamiyat berishimiz kerak — Mirziyoyev
Yangiliklar lentasi
0