https://oz.sputniknews.uz/20250414/tojikiston-zilzila-48867171.html
Tojikistondagi zilzila oqibatida 100 taga yaqin uy vayron bo‘ldi
Tojikistondagi zilzila oqibatida 100 taga yaqin uy vayron bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Markaz: respublikaning Rasht viloyatidagi zilzila oqibatida uch yoshli bola halok bo‘lgan. 14.04.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-04-14T11:11+0500
2025-04-14T11:11+0500
2025-04-14T12:24+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
tojikiston
zilzila
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/0e/48872706_0:137:3152:1910_1920x0_80_0_0_0a285ca6b0df2684292f92e0e6cb0e74.jpg.webp
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Tojikiston sharqida yakshanba kuni yuz bergan ketma-ket yer silkinishlari natijasida 94 ta uy butunlay vayron bo‘ldi. Bu haqda RIA Novostiga respublika hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlar va fuqarolik mudofaasi qo‘mitasining inqirozli vaziyatlarni boshqarish markazi ma’lum qildi. Qayd etilishicha, respublikaning Rasht viloyatidagi zilzila oqibatida uch yoshli bola halok bo‘lgan. Agentlik manbasiga ko‘ra, 200 tadan ortiq qo‘shimcha binolar, jumladan, maktab, tibbiyot punktlari, choyxona vayron bo‘lgan yoki shikastlangan. Tojikiston Milliy fanlar akademiyasi Geofizika xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 13-aprel kuni soat 09:24 da mamlakat hududida kuchli zilzila qayd etilgan. Uning episentri Dushanbedan 160 kilometr shimoli-sharqda joylashgan bo‘lib, 5-6 ball, Rasht viloyatida 4-5 ball, Dushanbe shahrida 3 ballni tashkil etgan. 4 magnitudali ikkinchi zilzila 12:14 da sodir bo‘lgan. Uchinchisi 3 magnitudali 13:33 da qayd etilgan. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon topshirig‘iga asosan mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Sulaymon Ziyozoda boshchiligida respublika komissiyasi tuzildi. Komissiya vaziyatni o‘rganish, yetkazilgan zararni baholash va zilzilalar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi. Seysmoprognostik monitoring respublika markazi ma’lum qilishicha, bugun tongda Tojikistonda navbatdagi yer silkinishi kuzatildi. Episentrda sezilish kuchi: 5 ball. Magnituda: 4,2.
https://oz.sputniknews.uz/20250413/tojikiston-zilzila-ozbekiston-48858218.html
tojikiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/0e/48872706_211:0:2942:2048_1920x0_80_0_0_a10ad510be358e0216c230645a0f5b3b.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, tojikiston, zilzila
dunyo yangiliklari, dunyoda, tojikiston, zilzila
Tojikistondagi zilzila oqibatida 100 taga yaqin uy vayron bo‘ldi
11:11 14.04.2025 (yangilandi: 12:24 14.04.2025) Markaz: respublikaning Rasht viloyatidagi zilzila oqibatida uch yoshli bola halok bo‘lgan.
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Tojikiston sharqida yakshanba kuni yuz bergan ketma-ket yer silkinishlari natijasida 94 ta uy butunlay vayron bo‘ldi. Bu haqda RIA Novostiga respublika hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlar va fuqarolik mudofaasi qo‘mitasining inqirozli vaziyatlarni boshqarish markazi
ma’lum qildi. Qayd etilishicha, respublikaning Rasht viloyatidagi zilzila oqibatida uch yoshli bola halok bo‘lgan.
Agentlik manbasiga ko‘ra, 200 tadan ortiq qo‘shimcha binolar, jumladan, maktab, tibbiyot punktlari, choyxona vayron bo‘lgan yoki shikastlangan.
Tojikiston Milliy fanlar akademiyasi Geofizika xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 13-aprel kuni soat 09:24 da mamlakat hududida kuchli zilzila qayd etilgan. Uning episentri Dushanbedan 160 kilometr shimoli-sharqda joylashgan bo‘lib, 5-6 ball, Rasht viloyatida 4-5 ball, Dushanbe shahrida 3 ballni tashkil etgan. 4 magnitudali ikkinchi zilzila 12:14 da sodir bo‘lgan. Uchinchisi 3 magnitudali 13:33 da qayd etilgan.
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon topshirig‘iga asosan mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Sulaymon Ziyozoda boshchiligida respublika komissiyasi tuzildi. Komissiya vaziyatni o‘rganish, yetkazilgan zararni baholash va zilzilalar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi.
Seysmoprognostik monitoring respublika markazi
ma’lum qilishicha, bugun tongda Tojikistonda navbatdagi yer silkinishi kuzatildi. Episentrda sezilish kuchi: 5 ball. Magnituda: 4,2.