Tojikistonda bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi

© AP Photo / IRWIN FEDRIANSYAHUcheniy ukazivayet na pokazaniya seysmografa
Ucheniy ukazivayet na pokazaniya seysmografa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2025
Obuna bo‘lish
Seysmoprognostik monitoring respublika markazi: episentrda sezilish kuchi: 7 ball.
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Bugun, 13-aprel kuni, soat 9:24 da Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonning ayrim viloyatlarida ham sezildi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring respublika markazi ma’lum qildi.
Episentrdagi zilzila magnitudasi — 5,8. Chuqurligi esa 10 kilometrni tashkil qilgan. Zilzila episentri: Tog‘li Badaxshon.
“Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Episentrda sezilish kuchi: 7 ball”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, zilzila episentri Toshkentdan 266 km janubiy-sharqda.
O‘zbekistonda sezilish kuchi:
Farg‘ona viloyatida 3 ball, 164 km.
Namangan viloyatida 2-3 ball, 220 km.
Sirdaryo viloyatida 2-3 ball, 222 km.
Andijon viloyatida 2-3 ball, 227 km.
Jizzax viloyatida 2 ball, 266 km.
Toshkent shahrida 2 ball, 266 km.
Samarqand viloyatida 2 ball, 327 km.
Surxandaryo viloyatida 2 ball, 367 km.
Yangiliklar lentasi
0