O‘zbekiston TDT mamlakatlariga eksport hajmini ikki baravar oshirishi mumkin
© PulatovV ramkax sammita organizatsii turkskix gosudarstv v Samarkande nachalas vstrecha premyer-ministra Vengrii Viktora Orbana s Prezidentom Shavkatom Mirziyeyevim.

© Pulatov
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Nozimjon Ortiqov: eng katta imkoniyatlar Turkiya, Qozog‘iston, Vengriya va Qirg‘izistonga yetkazib berish hajmini oshirish bilan bog‘liq.
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. O‘zbekiston qisqa muddatda Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) eksport hajmini 2,7 milliard dollarga oshirish imkoniyatiga ega. Bu haqda Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro anjumanda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori o‘rinbosari Nozimjon Ortiqov ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, eng katta imkoniyatlar Turkiya (1,8 milliard dollar), Qozog‘iston (500 million dollar), Vengriya (200 million dollar) va Qirg‘izistonga (100 million dollar) yetkazib berish hajmini oshirish bilan bog‘liq.
© SputnikMejdunarodnaya konferensiya na temu: "Rasshirenie torgovogo potensiala mejdu stranami Organizatsii turkskix gosudarstv: sovmestnie issledovaniya i strategicheskie resheniya"

Mejdunarodnaya konferensiya na temu: "Rasshirenie torgovogo potensiala mejdu stranami Organizatsii turkskix gosudarstv: sovmestnie issledovaniya i strategicheskie resheniya"
© Sputnik
“O‘zbekiston qisqa muddatda Turkiy davlatlar tashkilotiga eksport hajmini 2,7 milliard dollarga oshirish imkoniyatiga ega.TDT mamlakatlarining 72 milliard dollarlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozori - O‘zbekiston uchun istiqbolli yo‘nalish. Biz meva-sabzavot eksportida raqobatbardoshmiz”, – dedi Ortiqov.
Anjumanda so‘zga chiqqan Ozarbayjon Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar instituti boshqaruvi raisi Shahin Sadigovning qayd etishicha, savdo aloqalarini kengaytirish sharoitida ilmiy-tadqiqot institutlarining roli tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu muassasalar savdo siyosati, mintaqaviy bozor imkoniyatlari va iqtisodiy tendensiyalarni ilmiy asoslangan tahlil va prognozlar bilan ta’minlaydi va shu orqali qaror qabul qiluvchilarga strategik yordam beradi.
"TDTga a’zo mamlakatlarning import-eksport operatsiyalari bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plash va tarqatish uchun markazlashtirilgan platformani yaratish muhim ahamiyatga ega. Bunday tashabbus turkiy davlatlar ilmiy-tadqiqot institutlarining birgalikdagi sa’y-harakatlari natijasida amalga oshirilishi mumkin”, – dedi u.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda "Turkiy davlatlar tashkiloti mamlakatlari o‘rtasida savdo salohiyatini kengaytirish: qo‘shma tadqiqotlar va strategik yechimlar" mavzusidagi xalqaro anjuman o‘z ishini boshladi.