Toshkentda TDTga a’zo tahliliy markazlarning xalqaro anjumani ish boshladi — asosiy fikrlar

© SputnikMejdunarodnaya konferensiya na temu: "Rasshirenie torgovogo potensiala mejdu stranami Organizatsii turkskix gosudarstv: sovmestnie issledovaniya i strategicheskie resheniya"
Mejdunarodnaya konferensiya na temu: Rasshirenie torgovogo potensiala mejdu stranami Organizatsii turkskix gosudarstv: sovmestnie issledovaniya i strategicheskie resheniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.04.2025
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Obid Hakimov: TDTga a’zo davlatlar va kuzatuvchilarning umumiy tashqi savdo aylanmasi 1,2 trln dollardan oshdi.
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo davlatlar va kuzatuvchilarning umumiy tashqi savdo aylanmasi 1,2 trillion dollardan oshdi. Bu haqda Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan anjumanda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Bugun Toshkentda "Turkiy davlatlar tashkiloti mamlakatlari o‘rtasida savdo salohiyatini kengaytirish: qo‘shma tadqiqotlar va strategik yechimlar" mavzusidagi xalqaro anjuman o‘z ishini boshladi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov anjumanda birlashgan hududiy hamjamiyatlar o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi.
Ustuvor yo‘nalishlar orasida “O‘rta yo‘lak” transport yo‘lagini rivojlantirish, savdo to‘siqlarini bartaraf etish, Turkiy investitsiya jamg‘armasi orqali investitsiyalarni jalb qilish, qo‘shma ekologik tashabbuslar va raqamli texnologiyalarni, jumladan, sun’iy intellektni joriy etish kiradi.
© SputnikMejdunarodnaya konferensiya na temu: "Rasshirenie torgovogo potensiala mejdu stranami Organizatsii turkskix gosudarstv: sovmestnie issledovaniya i strategicheskie resheniya"
Mejdunarodnaya konferensiya na temu: Rasshirenie torgovogo potensiala mejdu stranami Organizatsii turkskix gosudarstv: sovmestnie issledovaniya i strategicheskie resheniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.04.2025
Mejdunarodnaya konferensiya na temu: "Rasshirenie torgovogo potensiala mejdu stranami Organizatsii turkskix gosudarstv: sovmestnie issledovaniya i strategicheskie resheniya"

“2023 yilda tashkil etilgan, kapitali 600 million dollar bo‘lgan Turkiy investitsiya jamg‘armasi infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish uchun yangi ufqlarni ochadi”, — dedi Hakimov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qadamlar turkiy davlatlar iqtisodiyotining integratsiyasi va raqobatbardoshligini mustahkamlaydi.

“2024 yilda TDTga a’zo davlatlar va kuzatuvchilarning umumiy tashqi savdo aylanmasi 1,2 trillion dollardan oshdi, nominal YaIM esa 2,1 trillion dollardan ortiqni yoki jahon yalpi ichki mahsulotining 1,91 foizini tashkil etdi. Bundan tashqari, 2016-yildan buyon a’zo davlatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2,7 baravarga oshib, 36,7 milliard dollarni tashkil etdi”, — dedi Hakimov.

Uning qayd etishicha, jahon bozorlarida beqarorlik kuchayib borayotgan bir sharoitda sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish muhim va O‘zbekiston TDTni iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirishning asosiy platformasi sifatida ko‘radi.
“Markaziy Osiyoning markazida bo‘lganimiz uchun bizda bilimlarni birlashtirish va iqtisodiyotlarimizni yanada integratsiyalashgan va raqobatbardosh qiladigan kuchli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun noyob imkoniyat bor”, — dedi u.
TDT bosh kotibi o‘rinbosari Merey Mukajanning so‘zlariga ko‘ra, Turkiy davlatlar birgalikda dunyodagi uchinchi yirik energiya yetkazib beruvchi bo‘lib, bu mintaqaga qo‘shimcha strategik afzalliklar beradi.
TDT mamlakatlarining energiya resurslari 19,9 trillion kub metr hajmdagi tabiiy gaz, neft - 38,2 milliard barrel va ko‘mirning tasdiqlangan zaxiralarini o‘z ichiga oladi. Bu ularning global energiya bozoridagi strategik rolini ta’kidlaydi.

“TDTga a’zo davlatlar o‘rtasidagi guruh ichidagi savdo 2023-yildagi 38,3 milliard dollardan 58,17 milliard dollargacha o‘sdi, bu ta’sirchan 52 foizga o‘sdi. 2024-yil oxiriga kelib, TDTga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi ichki savdo ularning umumiy tovar aylanmasining qariyb 7 foizini tashkil qiladi, bu o‘tgan yili 850 milliard dollarga yetgan. Bir necha yil oldin bu ulush atigi 3%ni tashkil etdi, bu ijobiy dinamikani ko‘rsatadi. Biroq bizning hozirgi maqsadimiz bu ko‘rsatkichni imkon qadar qisqa vaqt ichida kamida 10 foizga yetkazish bo‘lib, bu jarayonda milliy tahlil markazlarining takliflari katta qiziqish uyg‘otmoqda”, — dedi Mukajan.

Turkiy akademiya vitse-prezidenti, doktor Asxat Kesikbayev mamlakatlar o‘rtasidagi istiqbolli hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, rivojlanishning asosiy chora-tadbirlari quyidagilardan iborat:
infratuzilmaga sarmoya kiritish va meyoriy-huquqiy bazalarni uyg‘unlashtirish uchun TDTga a’zo davlatlar o‘rtasida siyosatni muvofiqlashtirishni kuchaytirish;
transport va energetika loyihalarini rivojlantirishni jadallashtirish uchun davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish;
savdo yo‘llari va energiya taqsimotini optimallashtiradigan innovatsion texnologiyalarni o‘rganish bo‘yicha ilmiy hamkorlikni chuqurlashtirish hamda transport logistikasi va energiya samaradorligini oshirishda raqamli yechimlarni ilgari surish va energiyani barqaror boshqarish.
Yangiliklar lentasi
0