TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Toshkentda sakkizta davlat terma jamoasi ishtirokida xalqaro yig‘in o‘tmoqda, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.Shu kunlarda taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda.Aytilishicha, har bir davlat o‘zining asosiy tarkib sportchilari bilan qatnashmoqda. Ular orasida 10 nafarga yaqin Olimpiada chempionlari va sovrindorlarini uchratish mumkin.Yig‘in 20-aprelga qadar davom etadi.
Yig‘inga Xitoy, Tunis, Gruziya, Saudiya Arabistoni, Belarus, Qozog‘iston va Iordaniya jamoalari ham bor.
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Toshkentda sakkizta davlat terma jamoasi ishtirokida xalqaro yig‘in o‘tmoqda, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Shu kunlarda taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda.
“Hozirda mazkur yig‘inga Xitoy, Tunis, Gruziya, Saudiya Arabistoni, Belarus, Qozog‘iston va Iordaniya jamoalari ham qo‘shilib, 8 ta terma jamoa birgalikda mashg‘ulot olib bormoqda”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, har bir davlat o‘zining asosiy tarkib sportchilari bilan qatnashmoqda. Ular orasida 10 nafarga yaqin Olimpiada chempionlari va sovrindorlarini uchratish mumkin.