Putin raketa-kosmik sanoati xodimlari va faxriylarini tabrikladi
17:10 12.04.2025 (yangilandi: 17:35 12.04.2025)

© Sputnik / Kristina Kormilisina
/ Obuna bo‘lish
Putinning ta’kidlashicha, Yuriy Gagarinning kosmosga birinchi parvozi doimo XX asrning yorqin, chinakam davr voqeasi, vatanning buyuk g‘alabasi bo‘lib qoladi.
TOShKENT, 12 apr – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin raketa-kosmik sanoati xodimlari va faxriylarini Kosmonavtika kuni bilan tabrikladi. Tabrik maktubi Kreml saytida chop etildi.
“Sizlarni Kosmonavtika kuni – mamlakat fuqarolarining barcha avlodlarini birlashtiruvchi bayram bilan tabriklayman”, – degan Putin.
Putinning ta’kidlashicha, Yuriy Gagarinning kosmosga birinchi parvozi doimo XX asrning yorqin, chinakam davr voqeasi, vatanning buyuk g‘alabasi bo‘lib qoladi.
Bundan tashqari, Rossiya prezidenti mamlakat o‘zining taniqli olimlari, konstruktorlari, kosmonavtlari, muhandislari, harbiy va fuqarolik mutaxassislari - haqiqiy vatanparvarlar va "milliy kosmik dasturning boshida turgan" ixlosmandlari bilan faxrlanishini ta’kidladi.
U koinotni tadqiq qilish va kosmik tizimlardan foydalanishni eng yuqori global raqobat sohasi deb atadi.
“Bugungi kunda raketa-kosmik kompleks ilmiy-texnikaviy salohiyatni mustahkamlash, ishlab chiqarish bazasi va yer usti infratuzilmasini takomillashtirish, kosmosni o‘rganish va tadqiq qilish uchun texnikalarning ilg‘or modellarini ishlab chiqish, muhim mudofaa dasturlarini, shu jumladan, maxsus harbiy operatsiyani o‘tkazish bilan bog‘liq dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha murakkab vazifalarni hal qilmoqda”, — dedi Rossiya rahbari.
Putinning ta’kidlashicha, raketa-kosmik sanoat milliy iqtisodiyot o‘sishi, mamlakatning texnologik suverenitetini ta’minlash va Rossiyaning barcha hududlarida odamlarning hayot sifatini yaxshilashning harakatlantiruvchi kuchlaridan biriga aylanishi kerak.
“Yetakchi lavozimlarni egallash va milliy taraqqiyot maqsadlariga erishishni ta’minlash uchun biznes, ilm-fan, ilmiy-tadqiqot markazlari bilan birgalikda sun’iy yo‘ldoshlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish, zamonaviy komponentlar bazasi, yangi materiallar, raqamli va yadroviy texnologiyalarni joriy etish, istiqbolli boshqariladigan kosmik kemalar va raketa tashuvchilar yaratish ustida ishlashni izchil davom ettirish muhim”, — dedi Putin.
Rossiyada har yili 12-aprel Kosmonavtika kuni sifatida 1961-yilda dunyoda birinchi kosmosga parvozni amalga oshirgan Yuriy Gagarin sharafiga nishonlanadi.