SSSRning kosmik tadqiqotlardagi asosiy yutuqlari
16:59 02.01.2025 (yangilandi: 19:01 02.01.2025)
© SputnikLetchik-kosmonavt Yuriy Gagarin v kabine kosmicheskogo korablya “Vostok”
© Sputnik
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Insoniyatning kosmik davri 1957-yil 4-oktabrda "Sputnik-1" kosmosga uchganida boshlandi.
SSSR abadiy yetakchi kosmik davlat sifatida tarixga kirdi. Ittifoq dunyoda birinchi bo‘lib Yerning sun’iy yo‘ldoshini uchirdi, Oyning narigi tomonini suratga oldi, koinotga odam uchirdi va kosmik sohadagi keyingi o‘nlab yutuqlarga asos soldi.
© Sputnik / Pavel BarashevPrebivanie letchika-kosmonavta SSSR Yuriya Alekseyevicha Gagarina v Finlyandii
Prebivanie letchika-kosmonavta SSSR Yuriya Alekseyevicha Gagarina v Finlyandii
© Sputnik / Pavel Barashev
Koinotni zabt etish nimadan boshlangan?
1920 yillarda kimogar-ixtirochi Nikolay Tixomirov Gazodinamik laboratoriyasiga (GDL) asos solgan. Unda ilk raketa va raketa dvigatellari prototiplari ishlab chiqilgan.
© Sputnik / Mediabankka o‘tishKosmonavt Valentina Tereshkova vo vremya podgotovki k trenirovke na sentrifuge
Kosmonavt Valentina Tereshkova vo vremya podgotovki k trenirovke na sentrifuge
© Sputnik
/ Reaktiv ilmiy tadqiqot instituti tarkibiga kirdi. Shu yilning o‘zida muhandis-konstruktor Sergey Korolov rahbarligida GIRD-09 gibrid yoqilg‘ida ishlovchi raketa muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi.
© SputnikSergey Pavlovich Korolev s sobakoy pered zapuskom yee v kosmos, 1960 god
Sergey Pavlovich Korolev s sobakoy pered zapuskom yee v kosmos, 1960 god
© Sputnik
Ulug‘ Vatan urushi boshi va davomida SSSR raketalar dasturi to‘xtatildi. Ammo g‘alabadan keyin 1946-yilda u qayta yo‘lga qo‘yildi va 1957-yilda Ittifoq ko‘p bosqichli "R-7" qit’alararo ballistik raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. U keyinchalik Yerning birinchi sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqdi.
Yerdan tashqariga ilk qadam
Insoniyatning kosmik davri 1957-yil 4-oktabrda "Sputnik-1" kosmosga uchganida boshlandi. Apparat diametri 58 sm bo‘lgan shar ko‘rinishida bo‘lib, unga radioperedatchiklar o‘rnatilgan edi.
© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishZapusk raketi-nositelya "Soyuz-2.1b" s KA "Meteor" №2-1 s kosmodroma "Vostochniy"
Zapusk raketi-nositelya "Soyuz-2.1b" s KA "Meteor" №2-1 s kosmodroma "Vostochniy"
© Sputnik / Ramil Sitdikov
/ Bir oy o‘tib, orbitaga dunyoda ilk bor jonli mavjudot — it Layka uchirildi. To‘rt oyoqli kosmonavt "Sputnik-2" bortida bo‘lgan. Afsuski, Layka nobud bo‘lgan, ammo u insoniyatga tirik organizm orbitaga chiqish va vaznsizlik sharoitida omon qolish mumkinligini isbotladi.
© Sputnik / Yakov Berliner / Mediabankka o‘tishPosetiteli u kopii pervogo iskusstvennogo sputnika Zemli, zapushennogo v SSSR 4-oktabrya 1957 goda. Pavilon "Nauka" na VSXV v Moskve.
Posetiteli u kopii pervogo iskusstvennogo sputnika Zemli, zapushennogo v SSSR 4-oktabrya 1957 goda. Pavilon "Nauka" na VSXV v Moskve.
© Sputnik / Yakov Berliner
/ 1958 yil 15-mayda "Sputnik-3" birinchi marta Yerdan boshqariladigan va buyruqlarni bajaradigan uskunalar bilan jihozlandi. Unga o‘rnatilgan quyosh panellari tufayli yo‘ldosh orbitada 691 kun faoliyat ko‘rsatdi.
1959 yil sentabr oyida "Luna-2" stansiyasi dunyoda birinchi bo‘lib Yerning yo‘ldoshiga qo‘ndi va u yerga SSSR gerbi tushirilgan ramzni qo‘ydi.
© Sputnik / Alexander Mokletsov / Mediabankka o‘tishKatapultiruyemiy konteyner sobak Belki i Strelki, sovershivshix kosmicheskiy polet na korable "Sputnik-5" 19-avgusta 1960 goda
Katapultiruyemiy konteyner sobak Belki i Strelki, sovershivshix kosmicheskiy polet na korable "Sputnik-5" 19-avgusta 1960 goda
© Sputnik / Alexander Mokletsov
/ Shu yilning oktabrida "Luna-3" tarixda ilk bor Yer yo‘ldoshining teskari tomonini suratga oldi.
1960 yilda "Sputnik-5" ikki tirik mavjudot — itlar Belka va Strelkani ilk marta orbitadan Yerga qaytardi. Ular kosmosda 25 soatdan ortiq vaqt bo‘lib, Yer atrofida 17-marta to‘liq aylanib chiqdi.
Chetveronogie kosmonavti - sobaki Belka i Strelka, 1960 god
© Sputnik
/ Insonning kosmosga chiqishi
Boshqarilmaydigan apparatlar muvaffaqiyatidan so‘ng Korolov va uning hamkasblari insonni koinotga olib chiqadigan "Vostok" raketa-tashuvchisini va shu nomli kosmik kemasini ishlab chiqishni boshladi.
© SputnikStart kosmicheskogo korablya "Vostok-1"
Start kosmicheskogo korablya "Vostok-1"
© Sputnik
"Vostok" 1961-yil 12-aprel kuni Boyqo‘ng‘irdan uchirilgan. Bortda Yuriy Gagarin bo‘lgan. Kema muvaffaqiyatli ravishda Yer orbitasiga chiqqan. Gagarin koinotda 1 soat 48 daqiqa bo‘lib, Yer atrofida bir marta aylangan va kema Saratov viloyatiga qo‘ngan.
Insoniyat koinotni zabt etishda tarixiy qadam tashladi, 12-aprel Gagarin tufayli Kosmonavtika kuniga aylandi.
1961 yilning 6-7 avgust kunlari kosmonavt German Titov "Vostok-2" kemasida birinchi kunlik parvozni amalga oshirgan.
© Sputnik / Snegirev IgorSovetskiy kosmonavt German Titov vo vremya podgotovki k kosmicheskomu poletu. Trenirovka na vibratsionnom stole, 1961 god
Sovetskiy kosmonavt German Titov vo vremya podgotovki k kosmicheskomu poletu. Trenirovka na vibratsionnom stole, 1961 god
© Sputnik / Snegirev Igor
1962 yil avgust oyida Andriyan Nikolayev "Vostok-3" va Pavel Popovich "Vostok-4" kemasida dunyodagi birinchi guruh bo‘lib koinotga parvozni amalga oshirganlar.
1963 yil iyun oyida "Vostok-5" bortida Valeriy Bikovskiy bilan orbitaga chiqdi. U eng uzoq – deyarli 5 kunlik yakka kosmik parvozni amalga oshirgan.
Valeriy Bikovskiy na trenirovke v rotore, 1964 god
© Sputnik
/ Shu paytda orbitada "Vostok-6" ham bo‘lgan, uning piloti dunyodagi birinchi ayol-kosmonavt Valentina Tereshkova edi.
© Sputnik / D.Gasuk / Mediabankka o‘tishLetchik-kosmonavt Valentina Tereshkova vo vremya trenirovki na sentrifuge, 1964 god
Letchik-kosmonavt Valentina Tereshkova vo vremya trenirovki na sentrifuge, 1964 god
© Sputnik / D.Gasuk
/ 1964 yil oktabr oyida uch nafar ekipaj a’zosi skafandrsiz "Vosxod" yangi ko‘p o‘rinli kemasida kosmosga uchgan. Kemani Vladimir Komarov, Konstantin Feoktistov va Boris Yegorov boshqarishgan.
1965 yil mart oyida yana bir tarixiy voqea yuz berdi - Aleksey Leonov koinotga chiqdi.
Kosmonavt Aleksey Leonov pered trenirovkoy v sentrifuge, 1963 god
© Sputnik
/ Boshqa kosmik jismlar tadqiqoti
1970 yilda "Luna-17" avtomatik sayyoralararo stansiyasi Yerning sun’iy yo‘ldoshiga Oyga uchuvchi qurilmani yetkazdi. Qurilma 101 gramm Oy tuprog‘i va ko‘plab fotosuratlarni Yerga yuborishga muvaffaq bo‘lgan.
O‘sha yili dunyoda birinchi marta xuddi shu nomdagi sayyoralararo stansiya Venera yuzasiga qo‘ndi va Yerga ma’lumotlarni uzatdi.
1971 yilda sovet olimlari Marsdan birinchi signallarni olishgan. "Mars-3" sayyoralararo stansiyasi ularni uzatishga muvaffaq bo‘lgan.
Sovet kosmonavtikasining yakuniy akkordi dunyodagi birinchi ko‘p modulli "Mir" orbital stansiyasi bo‘lgan. U 1986-yil 19-fevralda ishga tushirilgan. Stansiya orbitada 5511 kun bo‘lgan, shundan 4594 kun jonli. Stansiya mavjud bo‘lgan davrda unda 23 mingdan ortiq tajriba o‘tkazilgan. "Mir" stansiyasiga 12 davlatdan 104 nafar kosmonavt va astronavt tashrif buyurgan.
© Sputnik / Nikolay Makarov / Mediabankka o‘tishLetchik-kosmonavt SSSR Andriyan Nikolayev v kabine korablya "Soyuz-9" vo vremya poleta
Letchik-kosmonavt SSSR Andriyan Nikolayev v kabine korablya "Soyuz-9" vo vremya poleta
© Sputnik / Nikolay Makarov
/ Meros
Sovetlarning koinotdagi yutuqlari butun insoniyat uchun chinakam yutuq bo‘ldi. Ittifoq odamlarga koinotga yo‘l ochgan mamlakat sifatida tarixda abadiy qoladi. Uning merosi Rossiya Federatsiyasiga o‘tdi va u sovet olimlari hamda kosmonavtlari boshlagan ishlarni davom ettirib, koinotni o‘zlashtirish uchun yangi loyihalarni rivojlantirmoqda.