https://oz.sputniknews.uz/20250412/ozbekiston-zaytun-gruziya-48850234.html
O‘zbekiston zaytun yetishtirishda Gruziya bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi
O‘zbekiston zaytun yetishtirishda Gruziya bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi
Sputnik O‘zbekiston
Milliy Markaz tizimidagi akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Gruziyaning “Global Olive Corporation” kompaniyasi bilan imzolangan hamkorlik kelishuvi doirasida mamlakatga 4 200 tup “Gemlik” navli zaytun ko‘chatlari olib kelindi. Ular Bandixon ilmiy-tajriba stansiyasida ekildi.
2025-04-12T14:30+0500
2025-04-12T14:30+0500
2025-04-12T14:30+0500
jamiyat
o‘zbekiston
qishloq xo‘jaligi vazirligi
qishloq xo‘jaligi
gruziya
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/0c/48850070_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_cb373fc798e75d45d8cf77aee99ac91f.jpg
TOShKENT, 12 apr – Sputnik. O‘zbekiston zaytun yetishtirishda Gruziya bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Ta’kidlanishicha, Milliy Markaz tizimidagi akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Gruziyaning “Global Olive Corporation” kompaniyasi bilan imzolangan hamkorlik kelishuvi doirasida mamlakatga 4 200 tup “Gemlik” navli zaytun ko‘chatlari olib kelindi. Ular Bandixon ilmiy-tajriba stansiyasida ekildi.Hamkorlik doirasida mutaxassislar almashinuvi, zaytun plantatsiyalarini samarali parvarishlash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda mahsuldorlikni oshirish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirish rejalashtirilgan.Kelgusida O‘zbekistonda zaytun maydonlarini kengaytirish, qayta ishlash quvvatlarini tashkil etish va tarmoqni kompleks rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20250306/ozbekiston-gruziya-savdo-hajm-48262182.html
o‘zbekiston
gruziya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/0c/48850070_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_2325fc4d9b9e32a8e1a1cd208dd756ba.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston zaytun gruziya
o‘zbekiston zaytun gruziya
O‘zbekiston zaytun yetishtirishda Gruziya bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi
O‘zbekistonda ilk bor sanoat usulida zaytun yetishtirish bo‘yicha amaliy qadam tashlandi.
TOShKENT, 12 apr – Sputnik. O‘zbekiston zaytun yetishtirishda Gruziya bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi. “O‘zbekistonda ilk bor sanoat usulida zaytun yetishtirish bo‘yicha amaliy qadam tashlandi”, - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, Milliy Markaz tizimidagi akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Gruziyaning “Global Olive Corporation” kompaniyasi bilan imzolangan hamkorlik kelishuvi doirasida mamlakatga 4 200 tup “Gemlik” navli zaytun ko‘chatlari olib kelindi. Ular Bandixon ilmiy-tajriba stansiyasida ekildi.
Mazkur loyiha O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasida innovatsion yondashuvlarni kengaytirish, xalqaro tajriba almashinuvi asosida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda zaytun yetishtirishni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.
Hamkorlik doirasida mutaxassislar almashinuvi, zaytun plantatsiyalarini samarali parvarishlash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda mahsuldorlikni oshirish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirish rejalashtirilgan.
Kelgusida O‘zbekistonda zaytun maydonlarini kengaytirish, qayta ishlash quvvatlarini tashkil etish va tarmoqni kompleks rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.