O‘zbekiston-Gruziya o‘zaro savdo hajmini 1 mlrd dollarga yetkazmoqchi
10:00 06.03.2025 (yangilandi: 10:25 06.03.2025)
© Depositphotos / Pavel DanilyukRukopojatie. Arxivnoe foto

© Depositphotos / Pavel Danilyuk
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Gruziya hukumatlari darajasida yaqindan hamkorlik qilishga kelishib olindi.
TOShKENT, 6-mart — Sputnik. O‘zbekiston-Gruziya o‘rtasidagi savdo hajmi 1 milliard dollarga yetkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri matbuot kotibi ma’lum qildi.
Toshkentda O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning o‘ninchi yig‘ilishi o‘tkazildi.
“Hukumatlararo komissiyaning o‘ninchi yig‘ilishi bayoni, Davlat xaridlari sohasida hamkorlik to‘g‘risida anglashuv memorandumi, Qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” imzolandi”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, yaqin yillarda O‘zbekiston-Gruziya o‘rtasidagi savdo hajmini 1 milliard dollarga yetkazish uchun barcha zarur shart-sharoitlar mavjud. Tomonlar Samarqand va Batumi, Buxoro va Msxeta shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘yishmoqda.
© Press-slujba premyer-ministraPremyer-ministr Irakliy Kobaxidze vstretilsya s premyer-ministrom Uzbekistana Abdulloy Aripovim

Premyer-ministr Irakliy Kobaxidze vstretilsya s premyer-ministrom Uzbekistana Abdulloy Aripovim
© Press-slujba premyer-ministra
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati. Uchrashuvda parlamentlar va hukumatlar darajasidagi aloqalar faollashgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana otmetil vozmojnosti rasshireniya prakticheskogo sotrudnichestva s Gruziyey

Prezident Uzbekistana otmetil vozmojnosti rasshireniya prakticheskogo sotrudnichestva s Gruziyey
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
“Suhbatda shu kunlarda Toshkent shahrida o‘tgan Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishining yakunlari yuksak baholandi. Tovar ayirboshlash sur’atini saqlab qolish, eksport va import mutanosibligini ta’minlash, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini ilgari surish, transport-tranzit salohiyatidan samarali foydalanish, shuningdek, ikki mamlakat hududlarini iqtisodiy hamkorlikka faol jalb qilish bo‘yicha o‘zaro muvofiqlashgan choralar ko‘rish muhimligi qayd etildi”, — deyiladi xabarda.
Raqamlashtirish va turizm infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi sheriklik va almashinuvlarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi. Erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida kelgusida O‘zbekiston va Gruziya hukumatlari darajasida yaqindan hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Ma’lumot uchun, 2024-yilda o‘zaro tovar ayirboshlash 50 foizga oshdi, qo‘shma korxonalar soni va yuk aylanmasi hajmi ko‘paydi. Poytaxtlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslar amalga oshirilmoqda. Mamlakatda gruziyalik investorlar ishtirokida tashkil etilgan raqamli bank faoliyat yuritmoqda. Gumanitar yo‘nalishda o‘tgan yili Tbilisida O‘zbekiston madaniyati va kinosi kunlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi.