https://oz.sputniknews.uz/20250129/ozbekiston-afgoniston-tranzit-shimol-janub-47748430.html
O‘zbekiston Afg‘oniston orqali tranzitning bir qismini “Shimol-Janub” bo‘ylab yo‘naltirmoqchi
O‘zbekiston Afg‘oniston orqali tranzitning bir qismini “Shimol-Janub” bo‘ylab yo‘naltirmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondan o‘tuvchi yangi mintaqaviy tranzit yo‘laklarni shakillantirish va qo‘shimcha tranzit yuk oqimlarini jalb qilish maqsadida qator ishlar amalga oshiriladi. 29.01.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-01-29T19:00+0500
2025-01-29T19:00+0500
2025-01-29T19:00+0500
iqtisod
o‘zbekiston
afg‘oniston
qozog‘iston
qirg‘iziston
xitoy
tojikiston
temir yo‘l
tranzit tashish
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/15/45298382_0:17:1187:685_1920x0_80_0_0_bdae242b93c77aee9d543f9fbfc8ff3f.jpg
TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Afg‘oniston orqali tranzitning bir qismini “Shimol-Janub” koridori bo‘ylab yo‘naltirmoqchi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan “O‘zbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida nazarda tutilgan.Hujjatda Markaziy Osiyoda transport-logistika tizimini birgalikda rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy bitim qabul qilish va Markaziy Osiyoning boshqa mintaqalari bilan o‘zaro integratsiyani amalga oshirish bo‘yicha Mintaqaviy markaz tashkil etish tashabbusini ilgari surish belgilangan.Shuningdek, “Sharq-G‘arb” va “Shimol-Janub” yo‘nalishlaridagi transport-tranzit loyihalarida, shu jumladan, “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida faol ishtirok etish ham nazarda tutilgan.Qolaversa, yaqin mamlakatlarining dengiz va quruq portlaridan samarali foydalanish, shu jumladan, ularning hududida o‘zbek biznes vakillari ishtirokida omborxonalar, yuk terminallari va boshqa transport infratuzilmasi obyektlarini sotib olish, ijaraga olish yoki qurish uchun sharoitlar yaratiladi.O‘zbekistondan o‘tuvchi yangi mintaqaviy tranzit yo‘laklarni shakillantirish va qo‘shimcha tranzit yuk oqimlarini jalb qilish maqsadida quyidagilar amalga oshiriladi:Hujjatda qayd etilishicha, transport sohasida yirik infrotuzilma loyihalarining amalga oshirilishi mamlakat hududlarining o‘zaro bog‘langanligini ta’minlash va transport yo‘laklarini diversifikatsiya qilish vazifalarini hal etish imkonini beradi.Respublikada xalqaro qatnovlar uchun ochiq bo‘lgan jami 77 ta, shu jumladan, avtomobil yo‘llarida 48 ta, chegaraoldi temir yo‘l bekatlarida 17 ta, aeroportlarda 11 ta hamda daryo portlarida 1 ta davlat chegarasidan o‘tkazish putktlari mavjud.O‘zbekiston “Shimol-Janub” transport yo‘lagini rivojlantirishda qatnashishi mumkinXalqaro yuk tashish hajmi 1,8 barobarga o‘sib, 2024-yilda 59,6 mln tonnani tashkil qildi. Jahon bankining 2023-yildagi hisobotiga ko‘ra, Logistika samaradorligi indeksida O‘zbekiston 139 ta davlat orasida 88-o‘ringa ko‘tarilib, MDH davlatlari orasida 5-o‘rinni, Markaziy Osiyo davlatlari ichida 2-o‘rinni egalladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250128/chegara-punkt-avtotransport-elektron-navbat-47726906.html
o‘zbekiston
qozog‘iston
qirg‘iziston
xitoy
tojikiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/15/45298382_126:0:1062:702_1920x0_80_0_0_f11a43918525b14e90e0cfa1f6703764.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, afg‘oniston, qozog‘iston, qirg‘iziston, xitoy, tojikiston, temir yo‘l, tranzit tashish
iqtisod, o‘zbekiston, afg‘oniston, qozog‘iston, qirg‘iziston, xitoy, tojikiston, temir yo‘l, tranzit tashish
O‘zbekiston Afg‘oniston orqali tranzitning bir qismini “Shimol-Janub” bo‘ylab yo‘naltirmoqchi
O‘zbekistondan o‘tuvchi yangi mintaqaviy tranzit yo‘laklarni shakillantirish va qo‘shimcha tranzit yuk oqimlarini jalb qilish maqsadida qator ishlar amalga oshiriladi.
TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Afg‘oniston orqali tranzitning bir qismini “Shimol-Janub” koridori bo‘ylab yo‘naltirmoqchi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan “O‘zbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida
nazarda tutilgan. Hujjatda Markaziy Osiyoda transport-logistika tizimini birgalikda rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy bitim qabul qilish va Markaziy Osiyoning boshqa mintaqalari bilan o‘zaro integratsiyani amalga oshirish bo‘yicha Mintaqaviy markaz tashkil etish tashabbusini ilgari surish belgilangan.
Shuningdek, “Sharq-G‘arb” va “Shimol-Janub” yo‘nalishlaridagi transport-tranzit loyihalarida, shu jumladan, “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida faol ishtirok etish ham nazarda tutilgan.
Qolaversa, yaqin mamlakatlarining dengiz va quruq portlaridan samarali foydalanish, shu jumladan, ularning hududida o‘zbek biznes vakillari ishtirokida omborxonalar, yuk terminallari va boshqa transport infratuzilmasi obyektlarini sotib olish, ijaraga olish yoki qurish uchun sharoitlar yaratiladi.
O‘zbekistondan o‘tuvchi yangi mintaqaviy tranzit yo‘laklarni shakillantirish va qo‘shimcha tranzit yuk oqimlarini jalb qilish maqsadida quyidagilar amalga oshiriladi:
“MDH mamlakatlari – O‘zbekiston-Afg‘oniston-Pokiston-Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlari” tarnsport yo‘lagini rivojlantirish, shu jumladan, “Shimol-Janub” yo‘nalishida tashilayotgan yuklarning bir qismini O‘zbekiston orqali transafg‘on yo‘nalishiga qayta yo‘naltirish bo‘yicha qulay sharoitlar yaratish;
“Xitoy-Qozog‘iston/Qirg‘iziston-O‘zbekiston-Afg‘oniston-Pokiston” transport yo‘lagini shakillantirish va unda yuk tashish hajmini ko‘paytirish;
“Xitoy-Qozog‘iston/Qirg‘iziston/Tojikiston-O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron-Turkiya-Yevropa davlatlari” transport yo‘lagini tashkil etish;
“Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” va “O‘zbekiston-Afg‘oniston-Pokiston” temir yo‘l liniyalarini qurish loyihalarini amalga oshirish.
Hujjatda qayd etilishicha, transport sohasida yirik infrotuzilma loyihalarining amalga oshirilishi mamlakat hududlarining o‘zaro bog‘langanligini ta’minlash va transport yo‘laklarini diversifikatsiya qilish vazifalarini hal etish imkonini beradi.
Bugungi kunda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari uzunligi 42 371 km (shu jumladan, xalqaro ahamiyatdagi yo‘llar – 3 834 km)
Umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar – 7 400 km ( shu jumladan, elektrlashtirilgan temir yo‘llar – 3 145 km)
Havo trassalari – 26 ming kv, foydalanishdagi ichki suv yo‘llari – 550 kmni (kema qatnaydigan kafolatlangan o‘lchamdagi suv yo‘llari – 280 km) tashkil etadi.
Respublikada xalqaro qatnovlar uchun ochiq bo‘lgan jami 77 ta, shu jumladan, avtomobil yo‘llarida 48 ta, chegaraoldi temir yo‘l bekatlarida 17 ta, aeroportlarda 11 ta hamda daryo portlarida 1 ta davlat chegarasidan o‘tkazish putktlari mavjud.
Xalqaro yuk tashish hajmi 1,8 barobarga o‘sib, 2024-yilda 59,6 mln tonnani tashkil qildi. Jahon bankining 2023-yildagi hisobotiga ko‘ra, Logistika samaradorligi indeksida O‘zbekiston 139 ta davlat orasida 88-o‘ringa ko‘tarilib, MDH davlatlari orasida 5-o‘rinni, Markaziy Osiyo davlatlari ichida 2-o‘rinni egalladi.