Mirziyoyev Parlamentlararo ittifoq bosh kotibini orden bilan taqdirladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana nagradil Generalnogo sekretarya Mejparlamentskogo soyuza ordenom "Dustlik"
Prezident Uzbekistana nagradil Generalnogo sekretarya Mejparlamentskogo soyuza ordenom Dustlik - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2025
Obuna bo‘lish
Martin Chungong hamkorlikni rivojlantirish va parlament diplomatiyasini samarali ilgari surishga qo‘shgan katta hissasi uchun taqdirlandi.
TOShKENT, 8 apr – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo ittifoq bosh kotibi Martin Chungongni "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirladi. Taqdirlash marosimi davlat rahbarining Parlamentlararo ittifoq raisi Tuliya Ekson va Martin Chungong bilan uchrashuvida bo‘lib o‘tdi.
Martin Chungong hamkorlikni rivojlantirish va parlament diplomatiyasini samarali ilgari surishga qo‘shgan katta hissasi uchun bu ordenga loyiq ko‘rilgan.
Shu kunlarda 181 ta milliy parlament va 15 ta mintaqaviy uyushmani birlashtirgan Ittifoqning Assambleyasi ilk marta Markaziy Osiyo mintaqasida – Toshkentda – bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekiston 1992-yilda Parlamentlararo ittifoqqa qo‘shilgan, 2006-yilda a’zolikni vaqtincha to‘xtatgan va 2017-yilda ishtirokini qayta tiklagan. Bugungi kunda uning ijro etuvchi tuzilmalarida to‘laqonli qatnashmoqda.
Prezident Uzbekistana prinyal glav parlamentskix delegatsiy stran Sentralnoy Azii
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2025
Mirziyoyev Markaziy Osiyo parlamentlari delegatsiyalari rahbarlarini qabul qildi
Yangiliklar lentasi
0