https://oz.sputniknews.uz/20250407/mirziyoev-markaziy-osiyo-parlamentlari-48771133.html
Mirziyoyev Markaziy Osiyo parlamentlari delegatsiyalari rahbarlarini qabul qildi
Mirziyoyev Markaziy Osiyo parlamentlari delegatsiyalari rahbarlarini qabul qildi
Sputnik O‘zbekiston
Qo‘shma uchrashuvda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston vakillari ishtirok etdi. 07.04.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-04-07T17:16+0500
2025-04-07T17:16+0500
2025-04-07T17:16+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
markaziy osiyo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/07/48770150_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_a9552b862cac5d1e82bcabcea70c9e22.jpg.webp
TOShKENT, 7 apr – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasida ishtirok etish uchun mamlakatga kelgan Markaziy Osiyo mamlakatlari parlamentlari delegatsiyalari rahbarlarini qabul qildi.Qo‘shma uchrashuvda Qozog‘iston Parlamenti Majlisi raisi Yerlan Koshanov, Qirg‘iziston Jogorku Keneshi torag‘asi Nurlanbek Turg‘unbek o‘g‘li, Tojikiston Majlisi Namoyandagon raisi Fayzali Idizoda va Turkmaniston Majlisi raisi Dunyogo‘zal Gulmanova ishtirok etdi.Yuqori martabali mehmonlar O‘zbekiston prezidentiga o‘z mamlakatlari yetakchilarining samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdilar, mintaqada ilk bor o‘tkazilayotgan ushbu xalqaro tadbirning ahamiyatini alohida ta’kidlashdi.Oliy va yuqori darajadagi faol muloqotlar alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Yaqinda mintaqada o‘tkazilgan uchrashuvlar, jumladan, chegaralarni delimitatsiya qilish masalalari to‘liq tartibga solingani hamda Xo‘jand shahrida O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi shartnoma imzolangani tarixiy ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.Keyingi yillarda mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi ko‘p karra oshdi, chegaraoldi savdo zonalari tashkil etilmoqda.Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida, shu jumladan, mamlakatlar hududlarida kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Madaniyat va ta’limda tadbirlarga boy dasturlar ro‘yobga chiqarilmoqda.Uchrashuvda mintaqa mamlakatlari va xalqlarini yanada yaqinlashtirish, qo‘shma kooperatsiya tashabbuslari va loyihalarini ilgari surish, hududlararo aloqalar va gumanitar almashinuvni kengaytirish maqsadida parlamentlararo muloqotni, shu jumladan, qo‘mitalar darajasida mustahkamlash muhim ekani ta’kidlandi.
https://oz.sputniknews.uz/20250407/mirziyoev-matvienko-48766024.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/07/48770150_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_447746c3160f9aa2a7df69c9d9245fcd.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, shavkat mirziyoyev, markaziy osiyo
siyosat, shavkat mirziyoyev, markaziy osiyo
Mirziyoyev Markaziy Osiyo parlamentlari delegatsiyalari rahbarlarini qabul qildi
Qo‘shma uchrashuvda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston vakillari ishtirok etdi.
TOShKENT, 7 apr – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasida ishtirok etish uchun mamlakatga kelgan Markaziy Osiyo mamlakatlari parlamentlari delegatsiyalari rahbarlarini
qabul qildi. Qo‘shma uchrashuvda Qozog‘iston Parlamenti Majlisi raisi Yerlan Koshanov, Qirg‘iziston Jogorku Keneshi torag‘asi Nurlanbek Turg‘unbek o‘g‘li, Tojikiston Majlisi Namoyandagon raisi Fayzali Idizoda va Turkmaniston Majlisi raisi Dunyogo‘zal Gulmanova ishtirok etdi.
Yuqori martabali mehmonlar O‘zbekiston prezidentiga o‘z mamlakatlari yetakchilarining samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdilar, mintaqada ilk bor o‘tkazilayotgan ushbu xalqaro tadbirning ahamiyatini alohida ta’kidlashdi.
Qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash va rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Oliy va yuqori darajadagi faol muloqotlar alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Yaqinda mintaqada o‘tkazilgan uchrashuvlar, jumladan, chegaralarni delimitatsiya qilish masalalari to‘liq tartibga solingani hamda Xo‘jand shahrida O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi
shartnoma imzolangani tarixiy ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.
Keyingi yillarda mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi ko‘p karra oshdi, chegaraoldi savdo zonalari tashkil etilmoqda.
Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida, shu jumladan, mamlakatlar hududlarida kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Madaniyat va ta’limda tadbirlarga boy dasturlar ro‘yobga chiqarilmoqda.
Uchrashuvda mintaqa mamlakatlari va xalqlarini yanada yaqinlashtirish, qo‘shma kooperatsiya tashabbuslari va loyihalarini ilgari surish, hududlararo aloqalar va gumanitar almashinuvni kengaytirish maqsadida parlamentlararo muloqotni, shu jumladan, qo‘mitalar darajasida mustahkamlash muhim ekani ta’kidlandi.