https://oz.sputniknews.uz/20250407/mirziyoev-matvienko-48766024.html
Mirziyoyev Matviyenko bilan munosabatlarni yanada mustahkamlashni muhokama qildi
Mirziyoyev Matviyenko bilan munosabatlarni yanada mustahkamlashni muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti Rossiya bilan parlament sohasidagi samarali hamkorlikni mamnuniyat bilan qayd etdi. 07.04.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-04-07T13:12+0500
2025-04-07T13:12+0500
2025-04-07T13:12+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
valentina matviyenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/07/48766135_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_18b4ede9082c1e1cb502807420218f19.jpg
TOShKENT, 7 apr – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasida Rossiya delegatsiyasiga rahbarlik qilayotgan Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenkoni qabul qildi.Uchrashuv avvalida davlat rahbari Valentina Matviyenkoni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar tiladi.Matviyenko O‘zbekiston yetakchisiga samimiy minnatdorlik bildirib, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.Parlamentlararo aloqalar samarali bo‘layotgani yuksak baholandi.Oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi ustidan parlament nazorati bo‘yicha faol hamkorlikni davom ettirish muhim ekani ta’kidlandi.Savdo-iqtisodiy sheriklik sur’atini ta’minlash, sanoat kooperatsiyasi loyihalari va gumanitar almashinuv dasturlarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi.
https://oz.sputniknews.uz/20250406/valentina-matvienko-nuriddin-ismoilov-48758210.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/07/48766135_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_54eb7b295da11507d8f80a2b225740a6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, shavkat mirziyoyev, valentina matviyenko
siyosat, shavkat mirziyoyev, valentina matviyenko
Mirziyoyev Matviyenko bilan munosabatlarni yanada mustahkamlashni muhokama qildi
O‘zbekiston prezidenti Rossiya bilan parlament sohasidagi samarali hamkorlikni mamnuniyat bilan qayd etdi.
TOShKENT, 7 apr – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasida Rossiya delegatsiyasiga rahbarlik qilayotgan Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenkoni qabul qildi.
Uchrashuv avvalida davlat rahbari Valentina Matviyenkoni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar tiladi.
Matviyenko O‘zbekiston yetakchisiga samimiy minnatdorlik bildirib, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
“O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi”, - deyiladi O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabarida.
Parlamentlararo aloqalar samarali bo‘layotgani yuksak baholandi.
Oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi ustidan parlament nazorati bo‘yicha faol hamkorlikni davom ettirish muhim ekani ta’kidlandi.
Savdo-iqtisodiy sheriklik sur’atini ta’minlash, sanoat kooperatsiyasi loyihalari va gumanitar almashinuv dasturlarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi.