Tanzila Narbayeva Parlament ayol a’zolari forumining 39-sessiyasi prezidenti etib saylandi

© Senat Oliy MajlisaOcherednaya sessiya Foruma jenshin-parlamentariyev nachala svoyu rabotu
Ocherednaya sessiya Foruma  jenshin-parlamentariyev nachala svoyu rabotu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2025
Obuna bo‘lish
Toshkent shahrida Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi doirasida Parlament ayol a’zolari forumining 39-sessiyasi boshlandi.
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Parlament ayol a’zolari forumining 39-sessiyasi prezidenti etib O‘zbekiston Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva saylandi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun, 5-aprel kuni Toshkent shahrida Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi doirasida Parlament ayol a’zolari forumining 39-sessiyasi boshlandi.
© Senat Oliy MajlisaOcherednaya sessiya Foruma jenshin-parlamentariyev nachala svoyu rabotu
Ocherednaya sessiya Foruma  jenshin-parlamentariyev nachala svoyu rabotu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2025
Ocherednaya sessiya Foruma jenshin-parlamentariyev nachala svoyu rabotu
Tadbirda dunyoning turli burchaklaridan 200 dan ortiq parlament a’zolari, ayol-yetakchilar va ekspertlar ishtirok etmoqda. Ular gender tenglik, ayollarning siyosiy yetakchiligi va inson huquqlari bilan bog‘liq eng muhim masalalarni muhokama qiladilar.
Forum parlament ayol a’zolari uchun global miqyosdagi muhim tadbir bo‘lib, gender tenglikni ilgari surish, siyosiy qarorlar qabul qilish jarayonida ayollarning ishtirokini kengaytirish va barqaror rivojlanishga hissa qo‘shish maqsadida tashkil etilgan.
© Senat Oliy MajlisaOcherednaya sessiya Foruma jenshin-parlamentariyev nachala svoyu rabotu
Ocherednaya sessiya Foruma  jenshin-parlamentariyev nachala svoyu rabotu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2025
Ocherednaya sessiya Foruma jenshin-parlamentariyev nachala svoyu rabotu
Forum doirasida 40-yillik yubiley nishonlanib, 39-sessiya prezidenti etib O‘zbekiston Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva saylandi.
Ishtirokchilar kun tartibini tasdiqlab, gender tenglikni ilgari surish bo‘yicha so‘nggi tashabbuslar, jumladan, Parlament ayol a’zolari burosining Jeneva va Toshkent sessiyalaridagi muhokamalar, Gender hamkorlik guruhi faoliyati hamda tashabbuslarini ko‘rib chiqdilar.
Forumda Oliy Majlis Senati raisi ham so‘zga chiqib, O‘zbekiston dunyoning tez rivojlanayotgan mamlakatlaridan biri sifatida gender masalasiga ustuvor ahamiyat berayotganini, tarixiy qisqa muddatda prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida oilalar mustahkamligi, ayollarning huquqiy himoyasi va gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha yangi tizim, milliy model yaratilganini alohida ta’kidladi. Jumladan, Parlamentlararo ittifoq tomonidan yuritiladigan “Parlamentdagi ayollar” reytingida O‘zbekiston 193 ta mamlakat orasida 36-o‘rinni egalladi.
© Senat Oliy MajlisaOcherednaya sessiya Foruma jenshin-parlamentariyev nachala svoyu rabotu
Ocherednaya sessiya Foruma  jenshin-parlamentariyev nachala svoyu rabotu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2025
Ocherednaya sessiya Foruma jenshin-parlamentariyev nachala svoyu rabotu
Shu bilan birga, forumda uning bugungi formati xotin-qizlarga oid mintaqa uchun xos bo‘lgan dolzarb masalalarni birgalikda hal qilishning samarali mexanizmiga aylangani ham qayd etildi.
Shuningdek, forumda 150-assambleyaning muhokama qilinayotgan rezolyutsiyalariga gender nuqtayi nazaridan tahlillar kiritildi. Ishtirokchilar Falastinda ikki davlat tuzish yechimini ilgari surishda parlamentlarning roli hamda qurolli mojarolarning uzoq muddatli ta’sirini yumshatish bo‘yicha parlament strategiyalarini muhokama qildilar.
Shuningdek, “Siyosatni shakllantiruvchi ayollar: ayollarning global tarmoqlari” mavzusida panel muhokama bo‘lib o‘tdi. Tadbir yakunida ishchi guruhlarning rahbarlari hisobotlarini taqdim etdi va gender tenglik bo‘yicha tavsiyalar PIning tegishli doimiy qo‘mitalariga yo‘naltirdi.
V Senate sostoyalas vstrecha s Generalnim sekretarem Aziatskoy Parlamentskoy Assamblei  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.04.2025
Ekologiya, xalqaro siyosat: Narbayeva Osiyo Parlament Assambleyasi bosh kotibi bilan uchrashdi
Yangiliklar lentasi
0