https://oz.sputniknews.uz/20250404/narbaeva-osiyo-parlament-assambleyasi-bosh-kotibi-48726540.html
Ekologiya, xalqaro siyosat: Narbayeva Osiyo Parlament Assambleyasi bosh kotibi bilan uchrashdi
Ekologiya, xalqaro siyosat: Narbayeva Osiyo Parlament Assambleyasi bosh kotibi bilan uchrashdi
Sputnik O‘zbekiston
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi arafasida Osiyo Parlament Assambleyasi bosh kotibi Muhammad Rizo Majidiy bilan uchrashdi
2025-04-04T11:35+0500
2025-04-04T11:35+0500
2025-04-04T11:35+0500
siyosat
o‘zbekiston
o‘zbekiston oliy majlisi senati
tanzila norboyeva
uchrashuv
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/04/48727881_0:54:1024:630_1920x0_80_0_0_b0822c0eacf89169038359f2962c2314.jpg
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi arafasida Osiyo Parlament Assambleyasi bosh kotibi Muhammad Rizo Majidiy bilan uchrashdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.Uchrashuvda O‘zbekiston parlamenti va Osiyo Parlament Assambleyasi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, ekologiya, barqaror rivojlanish va xalqaro siyosat sohalarida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.Muhammad Rizo Majidiy prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda, ayniqsa, yangi konstitutsiyaviy o‘zgarishlar va “O‘zbekiston – 2030” taraqqiyot strategiyasi doirasida O‘zbekiston erishgan yutuqlarni alohida ta’kidlab o‘tdi.Bundan tashqari, Assambleyaga a’zo mamlakatlar o‘rtasida madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, ziyorat turizmini rivojlantirish masalalari muhokama etildi. Turizm sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish, shu jumladan, tajriba almashish va madaniy aloqalarni mustahkamlashga tayyorlik bildirildi.Uchrashuv yakunida mavjud tashabbuslar doirasida faol ishlarni davom ettirish va yangi qo‘shma loyihalarni ishlab chiqishga kelishib olindi.
https://oz.sputniknews.uz/20250403/narbaeva-parlamentlararo-ittifoq-bosh-kotibi-48713194.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/04/48727881_57:0:968:683_1920x0_80_0_0_0e3abd1ba84a777214b3b1d8577abc0a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
narbayeva osiyo parlament assambleyasi bosh kotibi
narbayeva osiyo parlament assambleyasi bosh kotibi
Ekologiya, xalqaro siyosat: Narbayeva Osiyo Parlament Assambleyasi bosh kotibi bilan uchrashdi
Ekologiya, barqaror rivojlanish va xalqaro siyosat sohalarida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi arafasida Osiyo Parlament Assambleyasi bosh kotibi Muhammad Rizo Majidiy bilan uchrashdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati
xabar berdi. Uchrashuvda O‘zbekiston parlamenti va Osiyo Parlament Assambleyasi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, ekologiya, barqaror rivojlanish va xalqaro siyosat sohalarida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Hamkorlikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, shu jumladan ekologik xavfsizlik, “yashil” texnologiyalardan foydalanish, kambag‘allikni qisqartirish, suv ta’minotini yaxshilash va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Muhammad Rizo Majidiy prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda, ayniqsa, yangi konstitutsiyaviy o‘zgarishlar va “O‘zbekiston – 2030” taraqqiyot strategiyasi doirasida O‘zbekiston erishgan yutuqlarni alohida ta’kidlab o‘tdi.
Bundan tashqari, Assambleyaga a’zo mamlakatlar o‘rtasida madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, ziyorat turizmini rivojlantirish masalalari muhokama etildi. Turizm sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish, shu jumladan, tajriba almashish va madaniy aloqalarni mustahkamlashga tayyorlik bildirildi.
Uchrashuv yakunida mavjud tashabbuslar doirasida faol ishlarni davom ettirish va yangi qo‘shma loyihalarni ishlab chiqishga kelishib olindi.