Nukusda birinchi Orol madaniyat sammiti boshlandi

© SputnikV Nukuse startoval perviy Aralskiy kulturniy sammit
V Nukuse startoval perviy Aralskiy kulturniy sammit - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2025
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Sammitning maqsadi — Orol fojiasi va global iqlim muammolariga qarshi aniq va barqaror yechimlar topish hamda ularni amalga oshirishdan iborat.
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Nukusda birinchi Orol madaniyat sammiti boshlandi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.
Tadbirda taniqli madaniyat arboblari, siyosatchilar, rassomlar va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislar ishtirok etmoqda.
Sammitning maqsadi — Orol fojiasi va global iqlim muammolariga qarshi aniq va barqaror yechimlar topish hamda ularni amalga oshirishdan iborat.
© SputnikV Nukuse startoval perviy Aralskiy kulturniy sammit
V Nukuse startoval perviy Aralskiy kulturniy sammit - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2025
V Nukuse startoval perviy Aralskiy kulturniy sammit
Orol madaniyat sammiti Samarqandda mintaqa va Yevropa davlatlari rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan va O‘zbekistonning ekologik va ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha mintaqaviy hamkorlikka sodiqligini mustahkamlaydigan birinchi Global iqlim forumi doirasida ochildi.
“Orol madaniyat sammiti – bu o‘zgarishlar uchun maydon va minbardir. Madaniy muloqotni iqlim kun tartibi bilan uyg‘unlashtirish orqali biz san’at uzoq muddatli barqaror rivojlanishga bo‘lgan jamoaviy intilishlarimizga hissa qo‘shishini kafolatlaymiz. Bizning “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo sammiti” va Global iqlim forumi bilan hamkorligimiz atrof-muhit o‘zgarishini rag‘batlantirishda madaniyatning zalvarli o‘rin egallashini ta’kidlaydi”, - dedi O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova.
© SputnikV Nukuse startoval perviy Aralskiy kulturniy sammit
V Nukuse startoval perviy Aralskiy kulturniy sammit - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2025
V Nukuse startoval perviy Aralskiy kulturniy sammit
Sammitda e’lon qilinishicha, oktabr oyida Qoraqalpog‘istonda Orol maktabi ish boshlaydi. Maktab kelajak laboratoriyasi va fanlararo ta’lim dasturi sifatida faoliyat yuritadi. U Qoraqalpog‘iston va O‘zbekistondan xalqaro hamda mahalliy ishtirokchilarni madaniy va ekologik tiklanish maqsadida birlashtiradi.
Sammit doirasida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi va BMT Taraqqiyot Dasturi Qoraqalpog‘istonda barqaror rivojlanish sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida O‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar.
Memorandumning imzolanishi ikkala tashkilotning Orolbo‘yi mintaqasida inklyuziv o‘sish va barqarorlikka intilishini aks ettiradi.
© SputnikV Nukuse startoval perviy Aralskiy kulturniy sammit
V Nukuse startoval perviy Aralskiy kulturniy sammit - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2025
V Nukuse startoval perviy Aralskiy kulturniy sammit
Orol madaniyat sammiti mintaqa atrof-muhitiga yangi jon ato etish, qayta tiklash va jonlantirish, shu bilan birga, sirkulyar iqtisodiyot tamoyillariga mos keladigan yangi korxonalarni jalb etish, barqaror iqtisodiy o‘sishni yaratishga qaratilgan. Loyiha 2023-yil mart oyida Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan BMTning Suv konferensiyasi chog‘ida rasman e’lon qilingan.
Mejdunarodniy klimatforum v Samarkande s uchastiyem glav SA i YeS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Samarqand iqlim forumida nutq so‘zladi
Yangiliklar lentasi
0