Shavkat Mirziyoyev Samarqand iqlim forumida nutq so‘zladi
15:36 04.04.2025 (yangilandi: 16:34 04.04.2025)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMejdunarodniy klimatforum v Samarkande s uchastiyem glav SA i YeS

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev nutqi iqlim muammolari va ularga qarshi kurash choralariga bag‘ishlandi.
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti bugun Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan Samarqand xalqaro iqlim forumida nutq so‘zladi.
O‘z nutqida Mirziyoyev so‘nggi yillarda global harorat ko‘tarilishi oqibatida muzliklar erib, o‘rmonlar hududlari qisqarib, cho‘l hududlar kengayib borayotganini aytib o‘tdi.
"Buning oqibatida bugun biz barchamiz iqlim inqirozlarining salbiy ta’sirlari – o‘rmon yong‘inlari va cho‘llanish miqyosi ortib borayotgani, muzliklar qisqarayotgani, suv resurslari taqchilligi kuchayayotgani, havo sifati yomonlashayotganini his qilib turibmiz", - dedi prezident.
Ushbu muammolarga qarshi kurash doirasda O‘zbekistonda o‘rmon hududlarini maydonini oshirish, ko‘klamzorlashtirish va cho‘l hududlarida ekinlar ekish yo‘lga qo‘yilayotgani haqida aytib berdi.
Shuningdek, respublika ildam qadamlar bilan "yashil" energetikani rivojlantirayotgani va kelgusi 5-yilda qayta tiklanuvchi energiya ulushi 54% ga yetkazilishini ma’lum qildi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev 2040-yilga borib Markaziy Osiyo mamlakatlari Amudaryo va Sirdaryo oqimining kamayishi ta’sirida yuqori darajadagi suv taqchilligiga duch kelishini ma’lum qildi va ushbu muammoning oldini olish maqsadida prezident Markaziy Osiyoda keng miqyosda suv tejash texnologiyalarini joriy etishni taklif qildi.

"Markaziy Osiyoda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish borasidagi sa’y-harakatlarni birlashtirish va bu sohada mintaqaviy dasturni ishga tushirishga chaqiramiz", - dedi prezident.
So‘zining yakunida Mirziyoyev "kelajak avlodlar barqaror, xavfsiz va farovon dunyoda yashashi uchun barcha chora-tadbirlarni ko‘rish" umumiy maqsad ekanini yana bir bor eslatdi.
Samarqand xalqaro iqlim forumida Yevropa kengashi prezidenti Antoniu Koshta, Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, YeTTB banki rahbari Odil Reno-Basso va boshqalar ishtirok etdi.