https://oz.sputniknews.uz/20250405/mirziyoev-bmt-evropa-iqtisodiy-komissiyasi-rahbari-48740492.html
Mirziyoyev BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi rahbari bilan uchrashdi
Mirziyoyev BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi rahbari bilan uchrashdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston tomonining taklifiga binoan SPEKAning 2030-yilgacha rivojlanish konsepsiyasi qabul qilingani, YeIK bilan savdo tartib-taomillarini soddalashtirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi" imzolangani, Transkaspiy yo‘lagi doirasida raqamlashtirish va hujjatlar almashinuvi bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar izchil amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
2025-04-05T10:24+0500
2025-04-05T10:24+0500
2025-04-05T10:24+0500
siyosat
o‘zbekiston
bmt
shavkat mirziyoyev
hamkorlik
uchrashuv
samarqand
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/05/48739957_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_f65d1e442328434912ac43b949879143.jpg
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-aprel kuni Samarqand iqlim forumi doirasida BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, Yevropa iqtisodiy komissiyasi ijrochi kotibi Tatyana Molchanni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Suhbat avvalida yuqori martabali mehmon davlat rahbariga BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi.Mintaqaviy va mamlakat miqyosidagi loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston prezidenti tomonidan 2023-yil noyabr oyida Boku shahrida bo‘lib o‘tgan BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi (SPEKA) birinchi sammitida bildirilgan tashabbuslarni amaliy ilgari surish jihatlari muhokama qilindi.SPEKA dasturining Maqsadli jamg‘armasini tez fursatda ishga tushirish muhim ekani ta’kidlandi.
https://oz.sputniknews.uz/20250404/shavkat-mirziyoev-samarqand-iqlim-forumida-nutq-sozladi-48733263.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/05/48739957_65:0:1202:853_1920x0_80_0_0_e86078098012dfa89e7f24f803eb4e04.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mirziyoyev bmt yevropa iqtisodiy komissiyasi rahbari
mirziyoyev bmt yevropa iqtisodiy komissiyasi rahbari
Mirziyoyev BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi rahbari bilan uchrashdi
SPEKA dasturining Maqsadli jamg‘armasini tez fursatda ishga tushirish muhim ekani ta’kidlandi.
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-aprel kuni Samarqand iqlim forumi doirasida BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, Yevropa iqtisodiy komissiyasi ijrochi kotibi Tatyana Molchanni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi. Suhbat avvalida yuqori martabali mehmon davlat rahbariga BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi.
Mirziyoyev komissiyaning 2030-yilgacha bo‘lgan davrda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishdagi muhim o‘rnini, shuningdek, transport, innovatsiyalar, to‘qimachilik, energetika, ekologiya va gender tenglik sohalarida, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi masalalarida ko‘rsatilayotgan ekspertlik ko‘magini alohida qayd etdi.
Mintaqaviy va mamlakat miqyosidagi loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston prezidenti tomonidan 2023-yil noyabr oyida Boku shahrida bo‘lib o‘tgan BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi (SPEKA) birinchi sammitida bildirilgan tashabbuslarni amaliy ilgari surish jihatlari muhokama qilindi.