https://oz.sputniknews.uz/20250205/ozbekiston-rossiya-suv-iqlim-tadqiqot-47851303.html
O‘zbekiston va Rossiya suv va iqlim sharoitiga moslashish bo‘yicha tadqiqot olib bormoqchi
O‘zbekiston va Rossiya suv va iqlim sharoitiga moslashish bo‘yicha tadqiqot olib bormoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov “Gazprombank”ning birinchi vitse-prezidenti Yekaterina Salugina-Sorokova bilan uchrashdi. 05.02.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-02-05T17:14+0500
2025-02-05T17:14+0500
2025-02-05T17:14+0500
jamiyat
o‘zbekiston
rossiya
ekologiya
hamkorlik
tadqiqot
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/05/47857696_0:45:1166:701_1920x0_80_0_0_e182663b34715357f9ddbd7583429ea4.jpg.webp
TOShKENT, 5 fev — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya iqtisodiyotni suv va iqlim sharoitiga moslashtirish bo‘yicha tadqiqot olib boradi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Vazir Aziz Abduhakimov “Gazprombank”ning birinchi vitse-prezidenti Yekaterina Salugina-Sorokova bilan uchrashdi. Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston iqtisodiyotini suv-iqlim inqiroziga moslashtirish va jahon iqtisodiyotining yashil transformatsiyasiga yo‘naltirilgan loyihaning istiqbollari muhokama qilindi. Tashabbus 2025–2026 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Aytilishicha, amaliy tavsiyalarning tayyorlanishi nafaqat suv va iqlim muammolarini iqtisodiy va siyosiy tahlil qilish bo‘yicha O‘zbekiston ekspert markazlarining vakolatlarini kuchaytiradi, balki ikki davlat o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ladi. Vazir ushbu loyiha ilmiy tadqiqot hamkorligi, shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasida bilim va texnologiyalar almashinuvi uchun asosiy platformaga aylanishi mumkinligini ta’kidladi. Qayd etilishicha, ishchi guruh tuzib, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetiga (Green Universit) suv resurslarini boshqarish sohasidagi mutaxassislar bilan hamkorlik qilish uchun o‘quv tashrifi tashkil etiladi. Tomonlar, shuningdek, 2025-yilda hamkorlikni kengaytirish, jumladan, o‘zaro manfaatli natijalarga erishish uchun “Atrof-muhitni asrash va "yashil" iqtisodiyot yili” doirasida qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish va muntazam maslahatlashuvlar o‘tkazishga kelishib olishdi.
https://oz.sputniknews.uz/20250128/ozbekiston-yashil-iqtisodiyot-atrof-muhit-rejalar-47725540.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/05/47857696_85:0:1081:747_1920x0_80_0_0_0fd646f02d153d8e17ee2e79fcc56eee.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, rossiya, ekologiya , hamkorlik, tadqiqot
jamiyat, o‘zbekiston, rossiya, ekologiya , hamkorlik, tadqiqot
O‘zbekiston va Rossiya suv va iqlim sharoitiga moslashish bo‘yicha tadqiqot olib bormoqchi
Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov “Gazprombank”ning birinchi vitse-prezidenti Yekaterina Salugina-Sorokova bilan uchrashdi.
TOShKENT, 5 fev — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya iqtisodiyotni suv va iqlim sharoitiga moslashtirish bo‘yicha tadqiqot olib boradi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi. Vazir Aziz Abduhakimov “Gazprombank”ning birinchi vitse-prezidenti Yekaterina Salugina-Sorokova bilan uchrashdi.
Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston iqtisodiyotini suv-iqlim inqiroziga moslashtirish va jahon iqtisodiyotining yashil transformatsiyasiga yo‘naltirilgan loyihaning istiqbollari muhokama qilindi. Tashabbus 2025–2026 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
“Rossiya tomoni O‘zbekiston iqtisodiyotini o‘zgaruvchan suv va iqlim sharoitlariga o‘rta va uzoq muddatli moslashtirish bo‘yicha asosli strategiyalarni ishlab chiqishga qaratilgan qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni tashkil etishni taklif qildi”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, amaliy tavsiyalarning tayyorlanishi nafaqat suv va iqlim muammolarini iqtisodiy va siyosiy tahlil qilish bo‘yicha O‘zbekiston ekspert markazlarining vakolatlarini kuchaytiradi, balki ikki davlat o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ladi.
Vazir ushbu loyiha ilmiy tadqiqot hamkorligi, shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasida bilim va texnologiyalar almashinuvi uchun asosiy platformaga aylanishi mumkinligini ta’kidladi.
Qayd etilishicha, ishchi guruh tuzib, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetiga (Green Universit) suv resurslarini boshqarish sohasidagi mutaxassislar bilan hamkorlik qilish uchun o‘quv tashrifi tashkil etiladi.
“Tadqiqot natijalari asosida “2050 yilgacha O‘zbekiston iqtisodiyotini suv-iqlim sharoitlari o‘zgarishiga moslashtirish strategiyasi” ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan”, — deya qayd etilgan vazirlik xabarida
Tomonlar, shuningdek, 2025-yilda hamkorlikni kengaytirish, jumladan, o‘zaro manfaatli natijalarga erishish uchun “Atrof-muhitni asrash va "yashil" iqtisodiyot yili” doirasida qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish va muntazam maslahatlashuvlar o‘tkazishga kelishib olishdi.