Narbayeva Parlamentlararo ittifoq bosh kotibi bilan uchrashdi — muhokama etilgan masalalar

© Senata Oliy Majlisa V Senate sostoyalas vstrecha s Generalnim sekretarem Mejparlamentskogo soyuza
 V Senate sostoyalas vstrecha s Generalnim sekretarem Mejparlamentskogo soyuza  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.04.2025
Obuna bo‘lish
Bosh kotib O‘zbekiston parlamentining Parlamentlararo ittifoq bilan samarali hamkorligi uchun minnatdorlik bildirdi.
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoq bosh kotibi Martin Chungong bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Parlamentlararo ittifoqning yubiley 150-assambleyasiga tayyorgarlik ko‘rishga oid asosiy masalalar hamda parlament islohotlari sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish muhokama qilindi.
© Senata Oliy Majlisa V Senate sostoyalas vstrecha s Generalnim sekretarem Mejparlamentskogo soyuza
 V Senate sostoyalas vstrecha s Generalnim sekretarem Mejparlamentskogo soyuza  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.04.2025
V Senate sostoyalas vstrecha s Generalnim sekretarem Mejparlamentskogo soyuza

Assambleyaning O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga to‘liq mos keladigan “Ijtimoiy rivojlanish va adolat uchun parlament harakati” mavzusining tarixiy ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston parlamenti faoliyatining ijobiy jihatlari boshqa mamlakatlar uchun namuna bo‘lishi mumkinligi ta’kidlandi.

Martin Chungong O‘zbekiston parlamentining Parlamentlararo ittifoq bilan samarali hamkorligi uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekistonning Parlamentlararo ittifoq faoliyatiga qo‘shayotgan salmoqli hissasini qayd etdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar Toshkentda o‘tkaziladigan Parlamentlararo ittifoqning yubiley assambleyasi xalqaro parlamentarizm tarixida muhim voqea bo‘lishiga va global muammolarni hal qilishda parlamentlarning rolini kuchaytirishiga ishonch bildirdilar.
Uzbekistan v preddverii dosrochnix viborov prezidenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2025
Toshkentda Parlamentlararo ittifoqning yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi — muhokama mavzulari
Yangiliklar lentasi
0