O‘tgan yilda xorijda qarovsiz qolgan 52 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishDetskiy dom v Velikom Novgorode
Detskiy dom v Velikom Novgorode - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.04.2025
Obuna bo‘lish
2024 yil davomida Bolalar ombudsmani kotibiyatiga jami 1064 ta murojaatlar kelib tushgan.
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. 2024 yilda xorijda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 52 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) axborot xizmati rahbari Dilnoza Yusupova ma’lum qildi.
2024 yil davomida Bolalar ombudsmani kotibiyatiga bola huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan bolalar hamda ularning qonuniy vakillari tomonidan jami 1064 ta murojaatlar kelib tushgan.
Murojaatlarning 469 tasi Bolalar ombudsmani kotibiyati qabulida, shundan 160 ta murojaat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘tkazilgan shaxsiy qabul davomida qabul qilingan.

Shaxsan bolalardan kelib tushgan murojaatlar 44 ta yoki 4,1 % bo‘lib, voyaga yetmagan qiz bolalarning ulushi 61,4 foizni, 38,6 foizni esa o‘g‘il bolalar tashkil etadi.

Murojaatlarning 43,4 foizi bolaning shaxsiy huquq va erkinliklari, 41 foizi ijtimoiy huquqlar, 4,3 foizi iqtisodiy va ekologik huquqlar, 11,3 foizi esa bolaning boshqa huquqlariga tegishli bo‘lgan.
Bolalar ombudsmani tomonidan bola huquqlarini buzilishiga oid murojaatlar yuzasidan davlat organlariga 981 ta so‘rov kiritilgan.
Respublika hududlaridagi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari hamda 24-son tarbiya koloniyasida bolalar tomonidan tezkor shikoyat va xabar berishni ta’minlash uchun “Bolalar ombudsmani qutilari” o‘rnatilgan.
Ispugannaya doch i rugayushaya mat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.11.2024
Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga himoya orderi beriladi
Yangiliklar lentasi
0