https://oz.sputniknews.uz/20250323/toshkent-parlamentlararo-ittifoq-assambleya-48537653.html
Toshkentda Parlamentlararo ittifoqning yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi — muhokama mavzulari
Toshkentda Parlamentlararo ittifoqning yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi — muhokama mavzulari
Sputnik O‘zbekiston
Markaziy Osiyo tarixida ilk marotaba Toshkentda Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi yuqori palata matbuot xizmati.
2025-03-23T14:43+0500
2025-03-23T14:43+0500
2025-03-23T14:43+0500
siyosat
o‘zbekiston
toshkent
o‘zbekiston oliy majlisi senati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0b/16/46769133_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_5da4b1a60075fdef746024b1dd320ce8.jpg.webp
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Markaziy Osiyo tarixida ilk marotaba Toshkentda Parlamentlararo ittifoq (PAI)ning 150-yubiley assambleyasi bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi yuqori palata matbuot xizmati.Yig‘ilishning asosiy mavzusi: “Ijtimoiy rivojlanish va adolat uchun parlament harakati”. Ishtirokchilar quyidagilarni muhokama etishadi:Assambleya so‘nggida Parlamentlararo ittifoqning rezolyutsiyalari va Toshkent deklaratsiyasi qabul qilinadi.Parlamentlararo Ittifoq rasmiy saytida quyidagilar ma’lum qilingan:Ma’lumot uchun, Parlamentlararo Ittifoq (PAI)1889 yilning aynan 30-iyunida ta’sis etilgan. PAI dunyo mamlakatlarining qonun chiqaruvchi organlari uchun global muloqot maydoni hisoblanadi. Uning doirasida muhokama qilingan masalalar jahon hamjamiyati e’tiboriga yetkaziladi. PAI BMTning Bosh Assambleyasi qoshidagi kuzatuvchi-tashkilot maqomiga ega.O‘zbekiston PAIga 1992-yilda a’zo bo‘lgan, 2017-yil 13-oktabrdan mazkur tashkilotdagi a’zoligini qayta tiklagan. Parlamentlararo ittifoq O‘zbekistondagi islohotlarni qo‘llab-quvvatladi
https://oz.sputniknews.uz/20231207/tanzila-narbaeva-parlamentlararo-ittifoq-bosh-kotibi-bilan-muzokara-otkazdi-41442302.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0b/16/46769133_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_e1637a0f74e828c733e18ea508381a12.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
markaziy osiyo tarixi toshkent parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi “tashkent city” kongress-xoll
markaziy osiyo tarixi toshkent parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi “tashkent city” kongress-xoll
Toshkentda Parlamentlararo ittifoqning yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi — muhokama mavzulari
Anjumanda dunyoning 180 ta mamlakatidan vakillar ishtirok etadi.
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Markaziy Osiyo tarixida ilk marotaba Toshkentda Parlamentlararo ittifoq (PAI)ning 150-yubiley assambleyasi bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi yuqori palata matbuot xizmati.
"5-9 aprel kunlari “Tashkent City” hududidagi Kongress-xoll majmuasida o‘tkaziladigan mazkur anjumanda dunyoning 180 ta mamlakati, 15 ta kuzatuvchi davlat hamda 25 dan ortiq xalqaro va parlamentlararo tashkilotdan 2 mingga yaqin delegatlar ishtirok etishi kutilmoqda", — deyiladi xabarda.
Yig‘ilishning asosiy mavzusi: “Ijtimoiy rivojlanish va adolat uchun parlament harakati”.
Ishtirokchilar quyidagilarni muhokama etishadi:
kambag‘allikni bartaraf etish;
munosib mehnat sharoitlarini yaratish;
ijtimoiy inklyuziyani qo‘llab-quvvatlash va qaror qabul qilish jarayonida kamsitilgan guruhlar ishtirokini oshirish.
Assambleya so‘nggida Parlamentlararo ittifoqning rezolyutsiyalari va Toshkent deklaratsiyasi qabul qilinadi.
Parlamentlararo Ittifoq rasmiy saytida quyidagilar ma’lum qilingan:
PAI o‘zining 150-assambleyasini nishonlaydi, unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning asosiy ma’ruzasi tinglanadi;
PAIning so‘nggi hisobotiga ko‘ra, parlament a’zolari ayollar forumi o‘zining 40-yilligini ham nishonlaydi, bu ba’zi mamlakatlarda ayollar huquqlari bo‘yicha yangi muammolar va deputatlar ulushining 27,2 foizga turg‘unligi fonida muhim voqea hisoblanadi;
PAIning barcha boshqa organlari, jumladan, uning to‘rtta mavzuli doimiy qo‘mitasi, Yosh parlamentariylar forumi, parlament a’zolarining inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi, Yaqin Sharq masalalari qo‘mitasi va Ukrainadagi urushni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha ishchi guruhi yig‘iladi.
Ma’lumot uchun, Parlamentlararo Ittifoq (PAI)1889 yilning aynan 30-iyunida ta’sis etilgan. PAI dunyo mamlakatlarining qonun chiqaruvchi organlari uchun global muloqot maydoni hisoblanadi. Uning doirasida muhokama qilingan masalalar jahon hamjamiyati e’tiboriga yetkaziladi. PAI BMTning Bosh Assambleyasi qoshidagi kuzatuvchi-tashkilot maqomiga ega.
O‘zbekiston PAIga 1992-yilda a’zo bo‘lgan, 2017-yil 13-oktabrdan mazkur tashkilotdagi a’zoligini qayta tiklagan.