Hindistonda O‘zbekistonga sayohlarni yuboruvchi maxsus kompaniya ish boshladi

© Sputnik / Baxrom XatamovTuristi v Uzbekistane
Turisti v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.04.2025
Obuna bo‘lish
Kojikode shahrida sayyohlik kompaniyasi ochildi.
TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Hindistonda O‘zbekiston bilan yaqin hamkorlik qilishga ixtisoslashgan turistik kompaniya faoliyati yo‘lga qo‘yildi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
O‘zbekiston elchisi Sardor Rustamboyev ishtirokida Hindistonning Kerala shtatida joylashgan Kojikode shahrida "Futuh Holidays" sayyohlik kompaniyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

“Mazkur kompaniya o‘z faoliyati doirasida Kerala va unga qo‘shni bo‘lgan shtatlardan sayyohlar guruhlarining O‘zbekistonga sayohatlarini tashkil qilishga ixtisoslashgan”, — deyildi xabarda.

Qayd etilishicha, 2024-yilda 80 mingdan ortiq hindistonlik sayyoh O‘zbekistonga safar qilgan, bu 2023-yilga nisbatan qariyb ikki baravar ko‘p.
“Joriy yil ushbu ko‘rsatkichni 100 ming nafarga yetkazish yo‘lida tizimli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi havo qatnovlari soni ham so‘nggi bir yarim yilda 1,5 baravarga ko‘payib, haftasiga 18 tani tashkil qilmoqda. Yaqin istiqbolda o‘zaro parvozlar ko‘lami 24 taga yetkaziladi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Kompaniyasi vakillarining aytishicha, Kojikodeda istiqomat qiladigan musulmonlar jamiyati a’zolari Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy va boshqa buyuk allomalar vatani bo‘lgan O‘zbekistondagi tarixiy va islom obidalarini ziyorat qilishga katta qiziqish bildiradi.
Luchshie ziyorat-lokatsii Tashkenta. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.03.2025
Toshkentdagi ziyorat turizmi bo‘yicha eng mashhur 7 ta maskan
Yangiliklar lentasi
0