https://oz.sputniknews.uz/20250401/ozbekiston-bazaviy-gaz-meyor-100-kub-metr-48688039.html
O‘zbekiston bazaviy gaz meyorini 100 kub metrga tushirdi
O‘zbekiston bazaviy gaz meyorini 100 kub metrga tushirdi
Sputnik O‘zbekiston
Hududgazta’minot: 500 kub metrlik bazaviy meyor 100 kub metrga tushiriladi. 01.04.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-04-01T15:01+0500
2025-04-01T15:01+0500
2025-04-01T15:56+0500
jamiyat
o‘zbekiston
gaz
hududgazta’minot
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/0a/45574075_0:71:1350:830_1920x0_80_0_0_a1f93d70d745cf30a442b0174d802af5.jpg
TOShKENT, 1 apr — Sputnik. O‘zbekistonda 1-apreldan tabiiy gaz iste’moli uchun bazaviy meyor 100 kub metrga tushirildi, deb xabar berdi “Hududgazta’minot” AJ matbuot xizmati.Hozirda tabiiy gaz uchun belgilangan narxlar quyidagicha:Vazirlar Mahkamasining 2024-yildagi 204-sonli qarori bo‘yicha mazkur shkala mart oyida o‘zgarishi belgilangandi. Biroq mart oyida havo haroratining past bo‘lishi va odatdagidan ko‘ra sovuqroq kelishi munosabati bilan prezident topshirig‘iga muvofiq, hukumatning tegishli qarori bilan isitish mavsumi uchun belgilangan 500 kubometr bazaviy meyor 2025-yilning 1-apreligacha uzaytirilgandi.Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilinganidek, 300 ta mahallada 100 megavattli kichik quyosh stansiyalari barpo qilib, shu yilning o‘zida 45 million kub metr gaz tejasa bo‘ladi. Bu yil 1,1 milliard kub metr tabiiy gaz va 2,6 milliard kilovatt soat elektrni iqtisod qilish rejalashtirilgan.“O‘zbekneftgaz” yirik neft va gaz kompaniyalari bilan hamkorlik hujjatini imzoladi
https://oz.sputniknews.uz/20250224/ozbekiston-2024-yil-komir-neft-gaz-48108324.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/0a/45574075_75:0:1275:900_1920x0_80_0_0_d6c1dd18fbdfd8c47e9e298c41e2b33e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, gaz, hududgazta’minot
jamiyat, o‘zbekiston, gaz, hududgazta’minot
O‘zbekiston bazaviy gaz meyorini 100 kub metrga tushirdi
15:01 01.04.2025 (yangilandi: 15:56 01.04.2025) Hududgazta’minot: 500 kub metrlik bazaviy meyor 100 kub metrga tushiriladi.
TOShKENT, 1 apr — Sputnik. O‘zbekistonda 1-apreldan tabiiy gaz iste’moli uchun bazaviy meyor 100 kub metrga tushirildi, deb xabar berdi “Hududgazta’minot” AJ
matbuot xizmati. “1 aprel sanasidan e’tiboran mamlakatimizda isitish mavsumida tabiiy gaz uchun joriy qilingan 500 kub metrlik bazaviy meyor 100 kub metrga tushiriladi”, — deyiladi xabarda.
Hozirda tabiiy gaz uchun belgilangan narxlar quyidagicha:
100 kub metrgacha – 650 so‘m;
101–2500 kub metr – 1500 so‘m;
2501–5000 kub metr – 1950 so‘m;
5001–10 000 kub metr – 2275 so‘m;
10 001 kub metrdan ortiq – 2600 so‘m.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yildagi 204-sonli qarori bo‘yicha mazkur shkala mart oyida o‘zgarishi belgilangandi. Biroq mart oyida havo haroratining past bo‘lishi va odatdagidan ko‘ra sovuqroq kelishi munosabati bilan prezident topshirig‘iga muvofiq, hukumatning tegishli qarori bilan isitish mavsumi uchun belgilangan 500 kubometr bazaviy meyor 2025-yilning 1-apreligacha uzaytirilgandi.
Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilinganidek, 300 ta mahallada 100 megavattli kichik quyosh stansiyalari barpo qilib, shu yilning o‘zida 45 million kub metr gaz tejasa bo‘ladi. Bu yil 1,1 milliard kub metr tabiiy gaz va 2,6 milliard kilovatt soat elektrni iqtisod
qilish rejalashtirilgan.