O‘zbekiston 2024-yilda qancha ko‘mir, neft va gaz ishlab chiqargan?

Obuna bo‘lish
Statistika agentligiga ko‘ra, 2024-yilda kon sanoati korxonalari 67,8 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqardi.
O‘tgan yili sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, 753,6 trln so‘mni, jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 85,1 foizni tashkil etdi.
Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash sanoati korxonalari tomonidan 2024-yilning yanvar-dekabr oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 67,8 trln so‘m yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmidagi ulushi 7,6 foizga to‘g‘ri keldi.
Ushbu o‘sish foydali qazilmalarni qazib olish va birlamchi qayta ishlashni rivojlantirish bilan bog‘liq.
Yirik sanoat korxonalari tomonidan ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:
gaz - 44,6 mlrd kub metr;
ko‘mir - 8,2 mln tonna;
gaz kondensati - 1,2 mln tonna;
neft - 713, 4 ming tonna.
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0