https://oz.sputniknews.uz/20250401/andijon-portlash-masjid-hukumat-komissiyasi-48683703.html
Andijondagi portlash yuzasidan Hukumat komissiyasi tuzildi
Andijondagi portlash yuzasidan Hukumat komissiyasi tuzildi
Sputnik O‘zbekiston
Andijon viloyati Izboskan tumanida joylashgan masjidda yuz bergan portlash yuzasidan Hukumat komissiyasi tuzildi, deya xabar berdi bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov o‘zining Telegram-kanalida.
2025-04-01T12:23+0500
2025-04-01T12:23+0500
2025-04-01T12:26+0500
jamiyat
o‘zbekiston
andijon viloyati
portlash
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/03/40643107_0:133:1280:853_1920x0_80_0_0_0ab659a92b55a4d10c78f0b7adbb8112.jpg
TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Andijon viloyati Izboskan tumanida joylashgan masjidda yuz bergan portlash yuzasidan Hukumat komissiyasi tuzildi, deya xabar berdi bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov o‘zining Telegram-kanalida.Qayd etilishicha, Andijondagi masjid hududida ro‘y bergan baxtsiz hodisa oqibatida halok bo‘lgan fuqarolarning oila a’zolariga har tomonlama ko‘maklashish hamda jabrlangan fuqarolarga tez tibbiy yordam ko‘rsatish, ushbu baxtsiz hodisaning kelib chiqish sabablarini o‘rganish, shuningdek, bu kabi favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi qabul qilindi.Andijon viloyati prokuraturasining xabar berishicha, masjidining tahoratxona binosi yerto‘lasida isitish moslamalariga ulangan gaz quvurlaridan sizib chiqqan tabiiy gaz xona ichiga to‘planib qolishi natijasida elektr energiyasi yoqilgan vaqtda chaqnash sodir bo‘lib, bino qulab tushgan.Natijada bino ichida bo‘lgan 10 nafar shaxs turli darajada tan-jarohatlari olgan va 3 nafar shaxs voqea joyida vafot etgan.
https://oz.sputniknews.uz/20250331/andijon-masjid-portlash-48670774.html
o‘zbekiston
andijon viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/03/40643107_0:0:1137:853_1920x0_80_0_0_fea2288cb3977a52d95206ffc477bf92.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
andijon viloyati izboskan tumani masjid portlash hukumat komissiyasi bosh vazir matbuot kotibi bekzod hidoyatov
andijon viloyati izboskan tumani masjid portlash hukumat komissiyasi bosh vazir matbuot kotibi bekzod hidoyatov
Andijondagi portlash yuzasidan Hukumat komissiyasi tuzildi
12:23 01.04.2025 (yangilandi: 12:26 01.04.2025) Prokuratura: tergov harakatlari davomida barcha holatlar to‘liq o‘rganilib, qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.
TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Andijon viloyati Izboskan tumanida joylashgan masjidda yuz bergan portlash yuzasidan Hukumat komissiyasi tuzildi, deya xabar berdi bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov o‘zining
Telegram-kanalida. Qayd etilishicha, Andijondagi masjid hududida ro‘y bergan baxtsiz hodisa oqibatida halok bo‘lgan fuqarolarning oila a’zolariga har tomonlama ko‘maklashish hamda jabrlangan fuqarolarga tez tibbiy yordam ko‘rsatish, ushbu baxtsiz hodisaning kelib chiqish sabablarini o‘rganish, shuningdek, bu kabi favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi qabul qilindi.
“Farmoyish bilan Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzildi”, — deyiladi xabarda.
Andijon viloyati prokuraturasining
xabar berishicha, masjidining tahoratxona binosi yerto‘lasida isitish moslamalariga ulangan gaz quvurlaridan sizib chiqqan tabiiy gaz xona ichiga to‘planib qolishi natijasida elektr energiyasi yoqilgan vaqtda chaqnash sodir bo‘lib, bino qulab tushgan.
Natijada bino ichida bo‘lgan 10 nafar shaxs turli darajada tan-jarohatlari olgan va 3 nafar shaxs voqea joyida vafot etgan.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 205, 259-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov harakatlari davomida barcha holatlar to‘liq o‘rganilib, qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, — deyilgan xabarda.