Andijondagi masjid tahoratxonasida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobil skoroy pomoshi v Uzbekistane. Arxivnoe foto
Avtomobil skoroy pomoshi v Uzbekistane. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.03.2025
Obuna bo‘lish
Bosh vazir o‘rinbosari hamda favqulodda vaziyatlar vaziri hodisa joyiga yetib borgan.
TOShKENT, 31 mar – Sputnik. Andijon viloyati Izboskan tumanidagi masjid hududidagi tahoratxonada sodir bo‘lgan portlash oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) matbuot xizmati xabar berdi.
Gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar soat 12:19 da viloyat FVBga xabar qilingan.
Zudlik bilan aytilgan manzilga 2 ta qutqaruv otradi va 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Hodisa natijasida tahoratxona devor va tomlariga zarar yetgan, yong‘in sodir bo‘lmagan.

Chaqnash oqibatida 3 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 10 nafari tan-jarohati olib, shifoxonaga yuborilgan.

Voqea joyiga viloyat hokimi, FVB, IIB, MG, SSB, prokuratura va “Hududgazta’minot”, tuman FVDqT xizmatlari yetib borgan. Hodisa oqibatlari bartaraf etilmoqda.
Hodisa sodir bo‘lganligi xabar qilinganida vodiyda bo‘lib turgan bosh vazir o‘rinbosari O.Ramatov hamda favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor B.Qudratxo‘jayev Izboskan tumaniga yetib borgan.
Hozir surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Sergelidagi portlash: voqeadan keyin “Quruvchilar” massivi qanday tiklanmoqda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2023
Sergelidagi portlash: voqeadan keyin “Quruvchilar” massivi qanday tiklanmoqda
Yangiliklar lentasi
0