O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonning Xo‘jand shahriga yetib bordi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.Aeroportda Mirziyoyevni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon kutib oldi.O‘zbekiston rahbarining tashrifi sharafiga davlat bayroqlari ko‘tarildi. Milliy kuy-qo‘shiq va raqslar ijro etildi.
TOShKENT, 31 mar – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonning Xo‘jand shahriga yetib bordi. Bu haqda O‘zbekiston davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.Aeroportda Mirziyoyevni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon kutib oldi.O‘zbekiston rahbarining tashrifi sharafiga davlat bayroqlari ko‘tarildi. Milliy kuy-qo‘shiq va raqslar ijro etildi.Bugun O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston prezidentlarining uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.Kun tartibiga muvofiq, do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.Muzokaralar yakunida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi shartnomani imzolash rejalashtirilgan.Prezidentlar san’at ustalari ishtirokidagi qo‘shma konsertda ham ishtirok etishadi.
O‘zbekiston yetakchisi amaliy tashrif bilan Tojikistonga safar qildi.
TOShKENT, 31 mar – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonning Xo‘jand shahriga yetib bordi. Bu haqda O‘zbekiston davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Aeroportda Mirziyoyevni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon kutib oldi.
O‘zbekiston rahbarining tashrifi sharafiga davlat bayroqlari ko‘tarildi. Milliy kuy-qo‘shiq va raqslar ijro etildi.
Shavkat Mirziyoyevni Xo‘jandda kutib olish marosimi
Bugun O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston prezidentlarining uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Kun tartibiga muvofiq, do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.
Muzokaralar yakunida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi shartnomani imzolash rejalashtirilgan.
Prezidentlar san’at ustalari ishtirokidagi qo‘shma konsertda ham ishtirok etishadi.