https://oz.sputniknews.uz/20250331/mirziyoev-rahmon-48664041.html
Mirziyoyev va Rahmon uchrashdi
Mirziyoyev va Rahmon uchrashdi
Sputnik O‘zbekiston
Yetakchilar mintaqaviy kun tartibi, shu jumladan, mamlakatda o‘tkaziladigan ko‘p tomonlama sammitlar yuzasidan ham fikr almashishdi. 31.03.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-03-31T12:14+0500
2025-03-31T12:14+0500
2025-03-31T12:14+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
emomali rahmon
tojikiston
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/1f/48663673_0:116:1280:836_1920x0_80_0_0_bc363dd3e658459e8cef759d7629c37a.jpg
TOShKENT, 31 mar – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xo‘jand shahriga kelgach, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.Ta’kidlanishicha, prezidentlar oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida ikki tomonlama do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qilishdi.O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik yuksak darajaga ko‘tarilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.Hukumatlararo komissiyaning bo‘lajak yig‘ilishida amaliy hamkorlik bo‘yicha qo‘shma loyihalarni tezlashtirish choralari ishlab chiqilishi muhim ekani ta’kidlandi.Yetakchilar mintaqaviy kun tartibi, shu jumladan, mamlakatda o‘tkaziladigan ko‘p tomonlama sammitlar yuzasidan ham fikr almashishdi.Eslatamiz, Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonning Xo‘jand shahrida bo‘lib turibdi. U yerda O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston prezidentlarining uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Muzokaralar yakunida uch davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi shartnomani imzolash rejalashtirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20250331/mirziyoev-xojand-48662166.html
tojikiston
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/1f/48663673_3:0:1140:853_1920x0_80_0_0_498cef7957f748b0f83e6a8a3b9fc20b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, shavkat mirziyoyev, emomali rahmon, tojikiston, o‘zbekiston
siyosat, shavkat mirziyoyev, emomali rahmon, tojikiston, o‘zbekiston
Mirziyoyev va Rahmon uchrashdi
Yetakchilar mintaqaviy kun tartibi, shu jumladan, mamlakatda o‘tkaziladigan ko‘p tomonlama sammitlar yuzasidan ham fikr almashishdi.
TOShKENT, 31 mar – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xo‘jand shahriga kelgach, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati
xabar berdi. Ta’kidlanishicha, prezidentlar oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida ikki tomonlama do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qilishdi.
O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik yuksak darajaga ko‘tarilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
2024 yilda tovar ayirboshlash hajmi 700 million dollardan oshdi. Sanoat, energetika, elektrotexnika, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi va boshqa ustuvor sohalarda kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Samarali hudulararo aloqalar va faol madaniy-gumanitar almashinuv yo‘lga qo‘yilgan.
Hukumatlararo komissiyaning bo‘lajak yig‘ilishida amaliy hamkorlik bo‘yicha qo‘shma loyihalarni tezlashtirish choralari ishlab chiqilishi muhim ekani ta’kidlandi.
Yetakchilar mintaqaviy kun tartibi, shu jumladan, mamlakatda o‘tkaziladigan ko‘p tomonlama sammitlar yuzasidan ham fikr almashishdi.
Eslatamiz, Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonning Xo‘jand shahrida
bo‘lib turibdi. U yerda O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston prezidentlarining uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Muzokaralar yakunida uch davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi shartnomani imzolash
rejalashtirilgan.