Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII va Bangladesh iqtisodiy hamkorlikni muhokama qildi

© Press-slujba YeEKVstrecha ministra po integratsii i makroekonomike YeEK Eldara Alisherova i zamestitelya ministra torgovli Bangladesh Aishi Akter
Vstrecha ministra po integratsii i makroekonomike YeEK Eldara Alisherova i zamestitelya ministra torgovli Bangladesh Aishi Akter - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.03.2025
Obuna bo‘lish
Bangladesh YeOII mamlakatlari bilan o‘zaro munosabatlarning uzoq muddatli xususiyatini qadrlashini ta’kidladi.
TOShKENT, 31 mar – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Bangladesh savdo-iqtisodiy hamkorlikning ustuvor masalalarini muhokama qildi.
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining (YeIK) integratsiya va makroiqtisodiyot bo‘yicha vaziri Eldar Alisherov Bangladesh savdo vaziri o‘rinbosari Aisha Akter bilan uchrashuvda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi oshib borayotganini ta’kidladi. YeOII mamlakatlari Bangladeshga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, energiya resurslari, metall, mashina va asbob-uskunalar eksport qilmoqda, Bangladeshdan esa tekstil, kiyim-kechak va poyabzal xarid qilmoqda.
“Tomonlarning bir-birlarining savdo-iqtisodiy imkoniyatlari to‘g‘risida xabardorligini oshirish va o‘zaro hamkorlikni kengaytirish uchun yangi istiqbolli yo‘nalishlarni izlash muhim vazifadir”, - dedi Alisherov.
O‘z navbatida, Aisha Akter tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlik salohiyatini sifatli ochib berish uchun imkoniyat va resurslarga ega ekanligiga e’tibor qaratdi. Bangladesh YeIK va YeOII mamlakatlari bilan o‘zaro munosabatlarning uzoq muddatli xususiyatini qadrlaydi. Mamlakat ittifoq tadbirkorlariga mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanishni taklif qiladi.
Tomonlar Bangladeshga oziq-ovqat donlarini yetkazib berishni kengaytirishni batafsil muhokama qilishdi, mehnat migratsiyasini tashkil etish bo‘yicha ma’lumotlar va savdo tartib-taomillarini soddalashtirish bo‘yicha takliflar bilan almashishdi.
Bangladesh YeOII va mamlakat o‘rtasida erkin savdo zonasini yaratish masalada o‘z qiziqishini tasdiqladi.
YeIK va Bangladesh hukumati o‘rtasida hamkorlik memorandumi 2019-yil 31-mayda Moskvada imzolangan.
Flagi stran YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.03.2025
O‘zbekiston va YeOII
Iordaniya YeOII bilan erkin savdo shartnomasini tuzish istagini bildirdi
Yangiliklar lentasi
0