https://oz.sputniknews.uz/20250329/ramazon-hayiti-488-nafar-shaxs-afv-etildi-48636434.html
Ramazon hayiti arafasida 488 nafar shaxs afv etildi — prezident farmoni
Ramazon hayiti arafasida 488 nafar shaxs afv etildi — prezident farmoni
Sputnik O‘zbekiston
Afv etilgan shaxslarning 100 nafari asosiy jazodan to‘liq ozod etildi, 268 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 34 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi. Shuningdek, 86 nafar shaxslarga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.
2025-03-29T10:15+0500
2025-03-29T10:15+0500
2025-03-29T10:15+0500
jamiyat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
prezident farmoni
ramazon hayiti
jazoni ijro etish muassasi
muddatidan ilgari ozod qilish
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/1c/44569617_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_56fabf5ed7b6d2d0ccdf09ff1f42175f.png.webp
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayitini nishonlash arafasida “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Farmonga muvofiq, Konstitutsiyaning 109-moddasi 23-bandiga asosan jazo muddatini o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 488 nafar shaxs afv etildi.Afv etilganlarning 17 nafarini chet el fuqarolari, 37 nafarini ayol, 37 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar, 167 nafarini yoshlar (shulardan, 1 nafari voyaga yetmagan) hamda 5 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan shaxslarni oilasi va yaqinlari bag‘riga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shug‘ullanishlari, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yib, jamiyatda munosib o‘rin topishlari uchun ularga ko‘mak berish bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berildi.
https://oz.sputniknews.uz/20250326/ozbekiston-ramazon-hayiti-30-mart-48586866.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/1c/44569617_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_c7c64ebb1aa708bd84c0c448807e5a11.png.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ramazon hayiti 488 nafar shaxs prezident farmoni
ramazon hayiti 488 nafar shaxs prezident farmoni
Ramazon hayiti arafasida 488 nafar shaxs afv etildi — prezident farmoni
Afv etilganlarning 17 nafarini chet el fuqarolari tashkil etadi.
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayitini nishonlash arafasida “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi. Farmonga muvofiq, Konstitutsiyaning 109-moddasi 23-bandiga asosan jazo muddatini o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 488 nafar shaxs afv etildi.
Afv etilgan shaxslarning 100 nafari asosiy jazodan to‘liq ozod etildi, 268 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 34 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi. Shuningdek, 86 nafar shaxslarga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.
Afv etilganlarning 17 nafarini chet el fuqarolari, 37 nafarini ayol, 37 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar, 167 nafarini yoshlar (shulardan, 1 nafari voyaga yetmagan) hamda 5 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.
Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan shaxslarni oilasi va yaqinlari bag‘riga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shug‘ullanishlari, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yib, jamiyatda munosib o‘rin topishlari uchun ularga ko‘mak berish bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berildi.