O‘zbekistonda Ramazon hayiti 30-mart kuni nishonlanadi

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovKurban xayit v Tashkente.
Kurban xayit v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.03.2025
Obuna bo‘lish
Ramazon hayitining birinchi kuni 30-mart – yakshanba kuniga to‘g‘ri keladi.
TOShKENT, 26 mar — Sputnik. O‘zbekistonda Ramazon hayiti bayrami 30-mart kuni nishonlanadi. Bu haqda prezident qarorida e’lon qilindi.
“Joriy yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 30-mart – yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilinib, mamlakatimizda 2025-yil 30-mart kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlansin”, - deyiladi qaror matnida.
Shuningdek, O‘zbekiston Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq, ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanuvchi Ramazon hayitining birinchi kuni yakshanba – dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 31-mart – dushanba kuniga ko‘chiriladi.
Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda hududlarda Ramazon hayitini milliy an’ana va urf-odatlarga uyg‘un holda o‘tkazish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Turizm qo‘mitasi Transport vazirligi bilan birgalikda Ramazon hayiti kunlarida mo‘’tabar ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarni tashkil etish maqsadida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev vmeste s shirokoy obshestvennostyu prinyal uchastie v seremonii iftara v gorode Tashkente.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.03.2025
Mirziyoyev jamoatchilik bilan birgalikda iftorlik marosimida ishtirok etdi
Yangiliklar lentasi
0