https://oz.sputniknews.uz/20250328/ukrainada-vaqtinchalik-tashqi-boshqaruv-joriy-etish-mumkin-putin-48623219.html
Ukrainada vaqtinchalik tashqi boshqaruv joriy etish mumkin — Putin
Ukrainada vaqtinchalik tashqi boshqaruv joriy etish mumkin — Putin
Sputnik O‘zbekiston
Demokratik saylovlar o‘tkazish uchun Ukrainada BMT shafeligida vaqtinchalik ma’muriyat joriy etish mumkin. 28.03.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-03-28T13:36+0500
2025-03-28T13:36+0500
2025-03-28T13:59+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
video
rossiya
ukraina
tinchlik
bmt
aqsh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/1c/48622253_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_4f7d31e9f144d087dc9996d36b15894d.jpg.webp
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 27-mart kuni Arxangelskda suv osti kemasi matroslari bilan uchrashuvda Ukrainada tinchlik o‘rnatishning bir uslubi sifatida Ukrainada vaqtinchalik tashqi boshqaruv joriy etishni taklif qildi."Ukrainada qonuniy hukumat paydo bo‘lganidan so‘ng biz ular bilan tinchlik shartnomasini imzolaymiz. Bu dunyodagi hamma tomonidan tan olinadi va ishonchli va barqaror bo‘ladi”, — deya qo‘shimcha qildi Putin.Shuningdek, Rossiya prezidenti yaqin o‘tmishda bunday misollar bo‘lganini esga oldi va Sharqiy Timorda 90-yillar oxirida hamda Yugoslaviyaning ayri hududlarida xuddi shunday bo‘lganini aytib o‘tdi.Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina bilan resurslar bo‘yicha shartnoma imzolamoqchi. Unga ko‘ra, Ukrainaning barcha tabiiy boyliklari AQSh ixtiyoriga o‘tadi.
https://oz.sputniknews.uz/20250327/kiev-zaxarova-48597832.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Polnoe zayavlenie Putina o vozmojnosti vvedeniya vremennogo upravleniya na Ukraine
Sputnik O‘zbekiston
Polnoe zayavlenie Putina o vozmojnosti vvedeniya vremennogo upravleniya na Ukraine
2025-03-28T13:36+0500
true
PT1M39S
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/1c/48622253_0:0:1440:1080_1920x0_80_0_0_be9c6b612385586a3aad1d9c9b8ca6b3.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
video, rossiya, ukraina, tinchlik, bmt, aqsh
video, rossiya, ukraina, tinchlik, bmt, aqsh
Ukrainada vaqtinchalik tashqi boshqaruv joriy etish mumkin — Putin
13:36 28.03.2025 (yangilandi: 13:59 28.03.2025) Demokratik saylovlar o‘tkazish uchun Ukrainada BMT shafeligida vaqtinchalik ma’muriyat joriy etish mumkin.
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 27-mart kuni Arxangelskda suv osti kemasi matroslari bilan uchrashuvda Ukrainada tinchlik o‘rnatishning bir uslubi sifatida Ukrainada vaqtinchalik tashqi boshqaruv joriy etishni taklif qildi.
"Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida, Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan, hatto Yevropa davlatlari bilan, albatta, bizning sheriklarimiz va do‘stlarimiz bilan Ukrainada vaqtinchalik boshqaruvni joriy etish mumkin. Bu nima maqsadda? Demokratik saylovlar o‘tkazish uchun, samarali va xalq ishonchini qozongan hukumatni davlat boshqaruviga olib kelish uchun", - dedi Rossiya rahbari.
"Ukrainada qonuniy hukumat paydo bo‘lganidan so‘ng biz ular bilan tinchlik shartnomasini imzolaymiz. Bu dunyodagi hamma tomonidan tan olinadi va ishonchli va barqaror bo‘ladi”, — deya qo‘shimcha qildi Putin.
Shuningdek, Rossiya prezidenti yaqin o‘tmishda bunday misollar bo‘lganini esga oldi va Sharqiy Timorda 90-yillar oxirida hamda Yugoslaviyaning ayri hududlarida xuddi shunday bo‘lganini aytib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina bilan resurslar bo‘yicha shartnoma imzolamoqchi. Unga ko‘ra, Ukrainaning barcha tabiiy boyliklari AQSh ixtiyoriga o‘tadi.