Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina "Sudja" gaz o‘lchash stansiyasini butunlay yo‘q qildi

© GazpromGIS "Sudja"
GIS Sudja - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.03.2025
Obuna bo‘lish
Putin va Trampning kelishuvidan so‘ng ham Ukraina Rossiyaning energetika obyektlariga zabar berishda davom etmoqda.
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Kiyev rejimi juma kuni Kursk viloyatidagi "Sudja" gaz o‘lchash stansiyasiga ikki tomonlaga raketa zarbasi berib, uni butunlay vayron qildi, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.

“28 mart kuni soat 10:20 da Kiyev rejimi, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, "Sudja gaz o‘lchash stansiyasiga HIMARS raketalari yordamida ikki tomonlama hujum uyushtirdi. Natijada yirik yong‘in sodir bo‘ldi va energetika obyekti deyarli butunlay vayron bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.

"Sudja" gaz o‘lchash stansiyasi Ukraina chegarasidan bir necha yuz metrda joylashgan bo‘lib, u orqali Markaziy Yevropa davlatlari va Ukrainaning o‘ziga gaz yetkazib berilgan. Ukraina 2025-yil boshida o‘z hududi orqali gaz tranzitini to‘xtatgan edi.

Shuningdek, juma kuni ertalab Rossiyaning Saratov viloyatidagi havo hujumidan mudofaa tizimlari Saratov neftni qayta ishlash zavodi infratuzilmasi nishoni bo‘lgan 19 ta Ukraina hujumchi uchuvchisiz dronlarini urib tushirdi.
Undan tashqari, 27-mart kuni Belgorod viloyatida soat 15:00 atrofida “Rosseti Sentr” elektr energiyasi obyektiga aniq nishonga oluvchi snaradlar bilan berilgan zarba natijasida yuqori voltli tarmoq ishdan chiqib, Shebekino tumani elektr ta’minotisiz qolgan edi.
26 mart kuni Ukraina dronlar yordamida Rossiyaning Qrimdagi yer osti gaz saqlash tizimi infratuzilmasiga zarba berishga uringan edi. Stansiya yaqinida bir necha uchuvchisiz apparatlar urib tushirildi.
Vladimir Putin va Donald Tramp 18-mart kuni energetika obyektlariga zarba berishni to‘xtatishga kelishib olgan edi. Lekin Kiyev rejimi shundan so‘ng ham Rossiya energetika obyektlariga zarba berishda davom etmoqda.
Mejdunarodnie eksperti-nablyudateli na GIS Sudja - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya MV: “Sudja” portlatilishi tinchlik tashabbuslarini yo‘qqa chiqarish uchun provokatsiya
Yangiliklar lentasi
0