Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya MV: “Sudja” portlatilishi tinchlik tashabbuslarini yo‘qqa chiqarish uchun provokatsiya

© Sputnik / Grigoriy Vasilenko / Mediabankka o‘tishMejdunarodnie eksperti-nablyudateli na GIS "Sudja"
Mejdunarodnie eksperti-nablyudateli na GIS Sudja - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2025
Obuna bo‘lish
Ukraina Kursk viloyatidagi gaz o‘lchash stansiyasini 21-mart tungi soat 00:20 da portlatgan.
TOShKENT, 21 mar – Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari AQSh prezidenti Donald Trampning tinchlik tashabbuslarini obro‘sizlantirish uchun “Sudja” gaz o‘lchash stansiyasini portlatdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi (MV) ma’lum qildi, deya yozadi RIA Novosti.
“Kursk viloyati hududidan chekinayotgan UQK bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilgan Rossiyaning muhim energetika obyektini portlatish Kiyev rejimining qasddan uyushtirgan provokatsiyasidir. Uni AQSh prezidentining tinchlik tashabbuslarini obro‘sizlantirish maqsadida yaqinda Rossiya Federatsiyaning energetika infratuzilmalariga berilgan zarbalar bilan bir qatorda ko‘rish chiqish darkor”, - deyiladi xabarda.
Rossiya Mudofaa vazirligining aniqlik kiritishicha, Ukraina armiyasi stansiyani 21-mart tungi soat 00:20 da portlatgan.
“Sudja” stansiyasi orqali Yevropaga gaz yetkazib berish shu yil boshiga qadar davom etdi. Kiyev tranzit to‘g‘risidagi shartnomani uzaytirishdan bosh tortgandan keyin gaz yetkazib berish to‘xtatildi. Bu Rossiya gazini Ukraina orqali Yevropaga yetkazib beruvchi oxirgi stansiya bo‘lib qolayotgandi.
18 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik hamkasbi Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qildi. Ular Ukraina mojarosini hal etishni ham muhokama qilishdi. Putin Trampning mojaro tomonlarining 30 kun ichida energetika infratuzilmalariga o‘zaro zarba berishdan voz kechish g‘oyasiga ijobiy munosabat bildirdi va Rossiya harbiylariga tegishli buyruq berdi.
Biroq Rossiya va AQSh yetakchilari muzokaralaridan bir necha soat o‘tib Kiyev rejimi Krasnodar o‘lkasidagi “Kavkazskaya” neft qazish stansiyasiga dronlar bilan hujum qildi.
Rossiya Mudofaa vazirligi bu bilan Ukraina Trampning tinchlik tashabbuslarini qasddan barbod qilishga intilayotganini ta’kidladi. Kreml vakili Dmitriy Peskov esa bu zarba Kiyev rejimining kelishishga qobiliyati yo‘qligini ko‘rsatuvchi yaqqol dalil ekani va bu xavotir uyg‘otishini qayd etdi.
Rossiya harbiylari Putin buyrug‘idan so‘ng Ukrainaning Nikolayev viloyatidagi obyektlarga uchayotgan o‘zining yettita dronini urib turishdi.
Rossiyskie voyennie v osvobojdennoy Sudje - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.03.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya qo‘shinlari Kursk viloyatida dushmanni to‘liq mag‘lub etishni yakunlamoqda — Putin
Yangiliklar lentasi
0