Ramazon hayiti namozining o‘qilish vaqtlari ma’lum qilindi

© SputnikV Tashkente proshel prazdnichniy namaz
V Tashkente proshel prazdnichniy namaz - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.03.2025
Obuna bo‘lish
Ramazon hayiti namozi O‘zbekiston masjidlarida 30-mart – yakshanba kuni o‘qiladi.
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. O‘zbekistonda Ramazon hayiti namozining o‘qilish vaqtlari belgilandi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston masjidlarida 30-mart – yakshanba kuni Ramazon hayiti namozining o‘qilish vaqtlari quyidagicha:
Andijon viloyati 06:20
Namangan viloyati 06:20
Farg‘ona viloyati 06:20
Toshkent viloyati 06:30
Toshkent shahar 06:30
Samarqand viloyati 06:40
Sirdaryo viloyati 06:40
Jizzax viloyati 06:40
Qashqadaryo viloyati 06:45
Surxondaryo viloyati 06:45
Buxoro viloyati 06:50
Navoiy viloyati 06:50
Xorazm viloyati 07:05
Qoraqalpog‘iston Res. 07:15.

Hayit namozi sunnatlari

Ramazon hayiti namoziga chiqishdan avval biror narsa, shirinliklar yeb olinadi. Chunki Imom Buxoriy hazratlari Anas roziyallohu anhudan qilgan rivoyatlarida zikr qilinishicha, payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Ramazon hayitiga xurmo yeb chiqar ekanlar. Ularni toq holda yer ekanlar. (Ammo Qurbon hayitida bo‘lsa, hech nima yemasdan chiqiladi).
Hayit namozlariga borishda misvok qilib va alohida g‘usl qilib olish. Misvokning barcha namozlar oldidan qilinishi sunnat ekanligi mashhurdir.
Chiroyli, yangi, yuvilgan kiyimlarni kiyish.
Hayit namozidan oldin sadaqai fitrni ado etish vojibdir. Ushbu fitr sadaqasini namozdan oldin ado qilsa ham joizdir.
Hayit namoziga erta borish. Ya’ni masjidga erta borib, hayit namoziga shay turish, xutba va ma’ruzalarga quloq tutish savobli amal hisoblanadi.
Hayitga borishda boshqa yo‘ldan, qaytishda esa boshqa yo‘ldan kelishga harakat qilish. Zotan boshqa-boshqa yo‘llardan yurishda, savobning qadamlar hisobiga ko‘payishi, musulmonlarni ko‘rib-so‘rashish, hayitga chiqqaniga guvohlarning ko‘payishi hollari yuz beradi.
Prazdnovanie Namaz xayit v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.03.2023
Ramazon hayiti odoblari
Yangiliklar lentasi
0