Ramazon hayiti odoblari

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovPrazdnovanie Namaz xayit v Tashkente
Prazdnovanie Namaz xayit v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.03.2023
Obuna bo‘lish
Oylarning sultoni Ramazon mehr-muruvvat oyidir. Muborak oy yakunida Iyd al-fitr nishonlanadi.
Ramazon hayitida ota-ona, qarindosh-urug‘larni ziyorat qilish, bemorlar va ko‘ngli yarim kishilar holidan xabar olish, ularga moddiy va ruhiy tasalli berish ko‘p savobli amallardan.
Ramazon taqvimi 2023 — saharlik va iftorlik vaqtlari
Hayit bayramlari barcha musulmonlar shodlik va xursandchilik izhor qiladigan kunlar hisoblanadi.
Hayit bayrami kunlari – ibodat va shukrona kunlari, xursandchilik va shodlik kunlaridir. Bu dunyo va oxirat yaxshiliklari jamlangan ulug‘ kunlar hisoblanadi. Hayit bayramida saylgohlarga chiqish, qavmu-qarindoshlarni ziyorat qilish bilan bu kundagi umumiy xursandchiliklar doirasi kengayadi, ularga sovg‘alar ulashiladigan bo‘lsa o‘zaro mehr-muhabbat rishtalari mustahkamlanib, shodu xurramliklar yanada ziyoda bo‘ladi.
Hayit bayrami jamiyat a’zolari orasidagi gina-adovatlar va turli ko‘ngilsizliklarni ketkazish hamda ular o‘rtasida mehr-oqibat rishtalarini yanada mustahkamlash singari ezgu amallar sanasidir.
Yana shuni yodda tutish lozim, hayit – bayram, uni azaga, xafagarchilikka aylantirmaslik darkor. O‘tganlarni eslash, ularni ruhlarini shod etib duoi xayrlar qilish yaxshi amal hisoblanadi, lekin bular hayit bayramiga aslo ta’sir qilmasligi lozim.
Ramazon taqvimi — 2023

Ma’lumot uchun, 2023-yilda O‘zbekistonda muborak Ramazon oyining boshlanishi 23-mart kuniga to‘g‘ri keldi. Bu haqida O‘MI Ulamolar kengashi astronomik ma’lumotlarga tayangan holda 21-mart kuni e’lon qilgan edi. O‘zbekiston shaharlari uchun saharlik va iftorlik vaqtlari aks etgan 2023 yil Ramazon taqvimi bilan quyida tanishing.

KengaytirishYig‘ishtirish

Ramazon hayitidagi odob va sunnatlar

Agar Ramazonning hayiti bo‘lsa, unda namozga chiqishdan avval biror narsa, shirinliklar yeb olinadi. Chunki, Imom Buxoriy hazratlari Anas roziyallohu anhudan qilgan rivoyatlarida zikr qilinishicha, payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Ramazon hayitiga xurmo yeb chiqar ekanlar. Ularni toq holda yer ekanlar. Ammo Qurbon hayiti bo‘lsa, hech nima yemasdan chiqiladi.
Hayit namozlariga borishda misvok qilib va alohida g‘usl qilib olish. Misvokning barcha namozlar oldidan qilinishi sunnat ekanligi mashhurdir.
Chiroyli, yangi, yuvilgan kiyimlarni kiyish.
Ramazon hayitida namozdan oldin “sadaqai fitr”ni ado etish vojibdir. Ushbu fitr sadaqasini namozdan oldin ado qilsa ham joizdir.
Hayit namoziga erta borish. Ya’ni masjidga erta borib, hayit namoziga shay turish, xutba va ma’ruzalarga quloq tutish savobli amal hisoblanadi.
Hayitga borishda boshqa yo‘ldan, qaytishda esa boshqa yo‘ldan kelishga harakat qilish. Zotan boshqa-boshqa yo‘llardan yurishda, savobning qadamlar hisobiga ko‘payishi, musulmonlarni ko‘rib-so‘rashish, hayitga chiqqaniga guvohlarning ko‘payishi hollari yuz beradi.
Yor-do‘stlarni hayit bilan muborakbod etish. Insonlarning bir-birlari bilan ko‘rishishlari va hayit bayrami bilan qutlashlari ham barchaning ko‘ngliga xursandchilik ulashadigan bu kunning odoblaridan hisoblanadi.
Bolalarni xursand qilish. Hayit bayramida yosh bolalarni xursand qilishga, bu kunning boshqa kunlardan farqli musulmonlarning bayrami ekanini anglatishga ham alohida e’tibor qaratish lozim. Bunda ularga hayitlik sovg‘alar ulashish, hayvonot bog‘lariga yoki o‘yingohlarga olib borib o‘ynatib kelish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda bu yil Ramazon 23-mart kuni boshlandi, 17-apreldan 18-aprelga o‘tar kechasi - Qadr kechasi, 21-aprel - Ramazon hayiti.
Jiteli Tashkenta vo vremya namaza - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.05.2022
Hayit namozi qanday o‘qiladi - video

Mavzuga oid:

Zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori belgilandi
Laylatul qadr qanday kecha?
Ro‘za tutishga oid eng ko‘p uchraydigan savollar
Yangiliklar lentasi
0