Putin va Erdog‘an qanday mavzularni muhokama qilishdi?

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin i prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan
Prezident RF Vladimir Putin i prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.03.2025
Obuna bo‘lish
Prezidentlar Ukraina bo‘yicha muzokaralar, energetika sohasidagi loyihalar hamda Suriyadagi vaziyatni muhokama qilishdi.
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Bugun Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda muhokama qilingan asosiy mavzular:
Tomonlar Rossiya-Turkiya hamkorligini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqishdi, munosabatlarning ijobiy dinamikasi va o‘zaro tovar ayirboshlash hajmining o‘sishi mamnuniyat bilan qayd etildi.
Rossiya prezidenti AQSh bilan munosabatlarning tiklanishi, oliy va boshqa darajadagi aloqalarning konstruktiv xarakteri haqida ma’lum qildi. Ikki davlat ekspert guruhlari o‘rtasida yaqinda Ar-Riyodda o‘tkazilgan maslahatlashuvlar natijalari hamda 18-martdan boshlab Rossiya va Ukrainadagi energetika obyektlariga 30 kun muddatga zarba berishga moratoriy joriy etish bo‘yicha erishilgan kelishuvlar muhokama qilindi.
Vladimir Putin kelishuvlarga qaramasdan, Kiyev rejimining Rossiya energetika infratuzilmasiga hujum qilish bo‘yicha davom etayotgan provokatsion urinishlariga e’tibor qaratdi.
Turkiya va BMT Kotibiyati vositachiligida dastlab 2022-yil iyul oyida tuzilgan, biroq amalda amalga oshirilmagan, xavfsiz yuk tashish bo‘yicha “Qora dengiz tashabbusi”ni qayta tiklash va Rossiya oziq-ovqat va o‘g‘itlarini eksport qilish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi.
Erdog‘an Rossiya-Amerika muloqotini qo‘llab-quvvatlashini va Turkiya tomoni “Qora dengiz kelishuvi”ni ilgari surishga ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.
Suriyadagi vaziyatni muhokama qilar ekan, davlat rahbarlari mamlakat birligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini ta’minlash, ichki siyosiy barqarorlikni mustahkamlash, aholining barcha etnik va diniy guruhlari qonuniy huquq va manfaatlarini hurmat qilish uchun uning hokimiyati va xalqiga har tomonlama yordam ko‘rsatish zarurligini ta’kidladilar.
Putin Erdog‘an va butun turk xalqini musulmonlar uchun muqaddas Ramazon oyi va yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti bilan tabrikladi.
Prezidentlar turli darajadagi aloqalarni davom ettirishga kelishib olishdi.
Polnoe zayavlenie Putina o vozmojnosti vvedeniya vremennogo upravleniya na Ukraine - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.03.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukrainada vaqtinchalik tashqi boshqaruv joriy etish mumkin — Putin
Yangiliklar lentasi
0