https://oz.sputniknews.uz/20250328/mirziyoev-atom-energetikasi-loyihasi-48606810.html
Mirziyoyev raisligida atom energetikasi loyihasi ko‘rib chiqildi
Mirziyoyev raisligida atom energetikasi loyihasi ko‘rib chiqildi
Sputnik O‘zbekiston
2030 yilga borib, jami generatsiyada “yashil” energiya ulushini 50 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Uzoq muddatda atom energiyasi bazaviy manbalardan biriga aylanishi ko‘zda tutilgan.Hozirgi kunda kichik quvvatli atom elektr stansiyasi qurish loyihasi ustida ish olib borilmoqda. Uni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qilish hamda “yo‘l xaritasi” tayyorlash maqsadida ishchi guruhlarning uchrashuvlari o‘tkazildi.
2025-03-28T09:40+0500
2025-03-28T09:40+0500
2025-03-28T10:25+0500
o‘zbekiston
atom energetikasi
shavkat mirziyoyev
elektr energiyasi
yashil energiya
aes
o‘zbekistonda atom elektrostansiyasi qurilishi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/1c/48605794_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_abc124aca72af47461f54ce999d2e8b2.jpg
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyevga atom energetikasini rivojlantirishga qaratilgan vazifalar ijrosi yuzasidan axborot berildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.2035 yilda O‘zbekistonda elektr iste’moli 121 milliard kilovatt soat bo‘lishi hisob-kitob qilingan. Shu bois energetikani barcha yo‘nalishlarda rivojlantirish choralari ko‘rilmoqda.2030 yilga borib jami generatsiyada “yashil” energiya ulushini 50 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Uzoq muddatda atom energiyasi bazaviy manbalardan biriga aylanishi ko‘zda tutilgan.Hozirgi kunda kichik quvvatli atom elektr stansiyasi qurish loyihasi ustida ish olib borilmoqda. Uni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qilish hamda “yo‘l xaritasi” tayyorlash maqsadida ishchi guruhlarning uchrashuvlari o‘tkazildi.Yig‘ilishda mutasaddilar loyihaning borishi, hamkorlar bilan muzokaralar yuzasidan axborot berdi. Ruxsatnomalar olish va moliyalashtirish masalalari, shuningdek, katta quvvatli atom elektr stansiyasining texnik-iqtisodiy jihatlari hamda uni barpo etish rejalari ko‘rib chiqildi.
https://oz.sputniknews.uz/20250211/ozbekiston-2030-yashil-energiya-47917618.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/1c/48605794_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_61e420a89b74388d406209680f2bdbd2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mirziyoyev atom energetikasi loyihasi
mirziyoyev atom energetikasi loyihasi
Mirziyoyev raisligida atom energetikasi loyihasi ko‘rib chiqildi
09:40 28.03.2025 (yangilandi: 10:25 28.03.2025) Yig‘ilishda katta quvvatli atom elektr stansiyasining texnik-iqtisodiy jihatlari hamda uni barpo etish rejalari ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyevga atom energetikasini rivojlantirishga qaratilgan vazifalar ijrosi yuzasidan axborot berildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi. 2035 yilda O‘zbekistonda elektr iste’moli 121 milliard kilovatt soat bo‘lishi hisob-kitob qilingan. Shu bois energetikani barcha yo‘nalishlarda rivojlantirish choralari ko‘rilmoqda.
2030 yilga borib jami generatsiyada “yashil” energiya ulushini 50 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Uzoq muddatda atom energiyasi bazaviy manbalardan biriga aylanishi ko‘zda tutilgan.
Hozirgi kunda kichik quvvatli atom elektr stansiyasi qurish loyihasi ustida ish olib borilmoqda. Uni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qilish hamda “yo‘l xaritasi” tayyorlash maqsadida ishchi guruhlarning uchrashuvlari o‘tkazildi.
Xalqaro atom energiyasi agentligi bilan 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan Qo‘shma harakatlar rejasi ishlab chiqildi. Bo‘lajak stansiya qurilishining har bir bosqichi – loyihalashtirishdan to bitgunga qadar Xalqaro atom energiyasi agentligining qat’iy nazorati ostida bo‘ladi, jahonning eng ilg‘or tajribalari va xavfsizlik talablari tatbiq etiladi.
Yig‘ilishda mutasaddilar loyihaning borishi, hamkorlar bilan muzokaralar yuzasidan axborot berdi. Ruxsatnomalar olish va moliyalashtirish masalalari, shuningdek, katta quvvatli atom elektr stansiyasining texnik-iqtisodiy jihatlari hamda uni barpo etish rejalari ko‘rib chiqildi.