O‘zbekiston 2030-yilga borib “yashil energiya” ulushini 50 foizdan oshiradi

© Sputnik / Aleksey PavlishakVetrogeneratori
Vetrogeneratori - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.02.2025
Obuna bo‘lish
Mirziyoyevga atom energetikasi sohasidagi ishlar bo‘yicha axborot berildi.
TOShKENT, 11 fev — Sputnik. O‘zbekistonda 2030-yilga borib jami generatsiyada “yashil energiya” ulushi 50 foizdan oshiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi atom energetikasi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, respublikada an’anaviy generatsiyadan tashqari, qariyb 4 gigavattli muqobil quvvatlar ishga tushirildi va “yashil” energiya ulushi 16 foizga yetdi.

“Kelgusi besh yilda yana 25 gigavattli qayta tiklanuvchi energiya manbalari barpo etiladi. Bularning hisobiga yiliga 64 milliard kilovatt soat “yashil” energiya olinadi. Umuman, 2030-yilga borib yurtimizda jami generatsiyada “yashil energiya” ulushini 50 foizdan oshirish maqsad qilingan”, — deyiladi xabarda.

Bugunga kelib, dunyodagi jami generatsiyaning 42 foizi muqobil energiyadir. Hozirgi kunda dunyoda 375 gigavattli 417 ta atom reaktorlari ishlatilmoqda.
Mamlakatda uran zaxirasi borligidan foydalanib, uzoq muddatga mo‘ljallangan quvvat tashkil etish rejalashtirilgan.
Shavkat Mirziyoyev posadil derevo v novom sadu, sozdavayemom v ramkax obshenatsionalnogo proyekta Yashil makon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2025
“Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yiliga mo‘ljallangan davlat dasturi qabul qilindi
Yangiliklar lentasi
0