Iqtidorli yoshlar uchun imkoniyatlar kengaytiriladi — prezident taqdimot bilan tanishdi
© Molodejnoe eko-soobshestvoV Mejdunarodnom universitete turizma i kulturnogo naslediya "Sholkoviy put" podnyali flag Sentralnoaziatskogo molodojnogo eko-lagerya.

Obuna bo‘lish
Davlat rahbari iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashni tizimli yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi.
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. O‘zbekistonda “Mamlakat oltin fondi hamjamiyati”ni tuzish taklif etilmoqda. U orqali iqtidorli yoshlar yagona platformada birlashtiriladi, deb xabar berdi prezident matbuot xizmati.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-mart kuni iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey, posvashennoy sovershenstvovaniyu sistemi podderjki talantlivoy molodeji.

Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey, posvashennoy sovershenstvovaniyu sistemi podderjki talantlivoy molodeji.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Joriy yil sentabrdan xalqaro maktab faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Bunga dastlab 8-sinf bitiruvchilari orasidan eng iqtidorli 60 nafar o‘g‘il-qiz saralab olinadi. Ta’lim dasturi xalqaro andoza asosida 3 qismdan – asosiy fanlar, ixtisoslik fanlari, yetakchilik va ijtimoiy faollikni o‘rgatuvchi fanlardan iborat bo‘ladi. O‘quv yili 3 davrga bo‘linib, 11 oy davom etadi.
Prezidentning yana bir tashabbusiga muvofiq, yoshlarni Amerikaning “Pechak ligasi” (The Ivy League) universitetlariga tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Buning uchun 6 bosqichli Milliy dastur qabul qilinadi. Bu yil dastlab 3 ming nafar o‘quvchi saralab olinadi. Ularga prezident va ixtisoslashgan maktablardan 208 nafar maslahatchi biriktiriladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey, posvashennoy sovershenstvovaniyu sistemi podderjki talantlivoy molodeji.

Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey, posvashennoy sovershenstvovaniyu sistemi podderjki talantlivoy molodeji.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
O‘quvchilar Renessans oromgohida yil davomida 3 haftalik intensiv o‘quv kurslarda o‘qitiladi. Yaxshi natija ko‘rsatgan 40 nafari “Pechak ligasi” universitetlariga tajriba almashish uchun yuboriladi.
Chet elda o‘qigan yoshlarni vatanda o‘z sohasi bo‘yicha munosib ish bilan ta’minlash borasida “Mamlakat oltin fondi hamjamiyati”ni tuzish taklif etilmoqda. U orqali xorijda ta’lim olib qaytganlar uchun imtiyozlar, grantlar, startap dasturlari va boshqa imkoniyatlar yaratiladi. Har yili 25-mayda hamjamiyat qurultoyi o‘tkazilib, unda ta’lim islohotlari, iqtidorli yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, chet el oliygohlari tajribasi kabi mavzularda muloqot yo‘lga qo‘yiladi.
Davlat rahbari bu takliflarni ma’qullab, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashni tizimli yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, mutasaddilarga “El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.