Senat huzuridagi Yoshlar parlamentining yangi tarkibi tasdiqlandi
11:41 07.02.2025 (yangilandi: 12:43 07.02.2025)
© Senat Oliy MajlisaOpredeleni prioritetnie zadachi deyatelnosti Molodejnogo parlamenta pri Senate Oliy Majlisa

© Senat Oliy Majlisa
Obuna bo‘lish
Yoshlar parlamentining 100 nafardan iborat yangi tarkibi tasdiqlandi.
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatida parlament yuqori palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
Uning ishida Senat raisi Tanzila Narbayeva ishtirok etdi. Shuningdek, tadbirda senatorlar, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining raislari, doimiy komissiyalari a’zolari, hududlardagi faol yoshlar va ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.
© Senat Oliy MajlisaOpredeleni prioritetnie zadachi deyatelnosti Molodejnogo parlamenta pri Senate Oliy Majlisa

Opredeleni prioritetnie zadachi deyatelnosti Molodejnogo parlamenta pri Senate Oliy Majlisa
© Senat Oliy Majlisa
Yoshlar parlamentining vakolat muddati tugashi munosabati bilan uning yangilangan tarkibi shakllantirildi. Ishlab chiqilgan nizomga ko‘ra, uning tarkibi mahalliy Kengashlar tavsiyasi asosida 84 nafar 30 yoshgacha bo‘lgan deputatlardan, 10 nafar Yoshlar ishlari agentligi hamda 6 nafar Senatning tegishli qo‘mitasi tavsiyasiga asosan shakllantirilgan. Shu tarzda, Yoshlar parlamentining 100 nafardan iborat yangi tarkibi tasdiqlandi.
Jamoaning 13 nafari turli davlat mukofotlari bilan taqdirlangan, 11 nafari xorijiy oliy o‘quv yurtlarini tamomlagan bo‘lib, tarkibning 95 foizini oliy ma’lumotli yoshlar hamda 30 foizini xotin-qizlar tashkil etmoqda.
© Senat Oliy MajlisaOpredeleni prioritetnie zadachi deyatelnosti Molodejnogo parlamenta pri Senate Oliy Majlisa

Opredeleni prioritetnie zadachi deyatelnosti Molodejnogo parlamenta pri Senate Oliy Majlisa
© Senat Oliy Majlisa
Majlisda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Laylo Aslonova Yoshlar parlamenti raisi etib bir ovozdan saylandi. Shuningdek, Ibrohimjon Jo‘raboyev hamda Azizbek Ochilboyev Yoshlar parlamenti raisi o‘rinbosarlari etib tasdiqlandi. Shuningdek, Yoshlar parlamentining komissiyalari raislari va ularning a’zolari ham saylandi.
© Senat Oliy MajlisaOpredeleni prioritetnie zadachi deyatelnosti Molodejnogo parlamenta pri Senate Oliy Majlisa

Opredeleni prioritetnie zadachi deyatelnosti Molodejnogo parlamenta pri Senate Oliy Majlisa
© Senat Oliy Majlisa
Tashkiliy masaladan co‘ng Tanzila Narbayeva Yoshlar parlamenti o‘z faoliyatida e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarga to‘xtalib o‘tdi. Xususan, qonun ijodkorligi jarayonida faol ishtirok etish, yoshlarga doir qonunlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar berish, joylarda yoshlar bandligi masalasini puxta o‘rganish va tizimli muammolarni aniqlash hamda bartaraf etishga ko‘maklashish muhimligi ta’kidlandi.
So‘zga chiqqan yoshlar tomonidan bir qator muhim taklif va tashabbuslar ilgari surildi. Shuningdek, Yoshlar parlamentining kelgusidagi ustuvor vazifalari va rejalari belgilab olindi.