Rossiya tomonidan ishlab chiqilgan transport modeli Samarqandda qanday amalga oshirilmoqda?

© Sputnik / Malika AbaydulinaKak v Samarkande realizuyetsya transportnaya model, razrabotannaya rossiyskoy kompaniyey
Kak v Samarkande realizuyetsya transportnaya model, razrabotannaya rossiyskoy kompaniyey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.03.2025
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Yaqin-yaqingacha Samarqandning jamoat transporti talabga javob bermaydigan holatda edi. Eski va tor avtobuslar, past darajadagi xizmat ko‘rsatish, faqat markaziy ko‘chalardan o‘tuvchi bir xil marshrutlar shahar aholisi va mehmonlarida salbiy taassurot uyg‘otar edi.
Bugungi kunda vaziyat yaxshilanmoqda: Samarqandda deyarli har beshinchi kishi jamoat transportidan foydalanmoqda.
Bu o‘zgarishlarga hissa qo‘shgan asosiy omillardan biri 2021-yil oktabrda Rossiyaning "Simetra" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bosh reja bo‘ldi. U 2031-yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, shaharning transport infratuzilmasini yangilashni ko‘zda tutadi: yangi yo‘llar qurish, bekatlar va piyoda o‘tish joylarini barpo etish hamda qulay shahar yo‘nalishlarini joriy etish.

Yo‘nalishlarni yangilash – o‘zgarishlarning ilk qadami

Rejani amalga oshirish doirasida eng birinchi navbatda jamoat transporti yo‘nalishlari qayta ko‘rib chiqildi va maqbullashtirildi. Ilgari markaziy ko‘chalardan 5-6 ta marshrut o‘tgan bo‘lsa, qo‘shni ko‘chalarda umuman jamoat transporti yo‘q edi. Qaytalanuvchi yo‘nalishlar soni qisqarib, yangi va qulay yo‘nalishlar ochildi.

"Hozirda shaharda 20 ta marshrut mavjud: 7 ta magistral, 11 ta olib boruvchi va 2 ta yangi tramvay yo‘llari uchun vaqtinchalik yo‘nalishlar. Umumiy olganda, bosh reja doirasida 41 ta yo‘nalish ochish rejalashtirilgan, shundan 8 tasi magistral, 33 tasi esa olib boruvchi yo‘nalishlar bo‘ladi. Magistral yo‘nalishlar markaziy ko‘chalarni bir-biri bilan bog‘laydi, olib boruvchi marshrutlar esa kichik ko‘chalarni qamrab oladi," — deydi Samarqand viloyati Transport boshqarmasi boshlig‘i Ravshan Tojiyev.

© Sputnik / Malika AbaydulinaKak v Samarkande realizuyetsya transportnaya model, razrabotannaya rossiyskoy kompaniyey
Kak v Samarkande realizuyetsya transportnaya model, razrabotannaya rossiyskoy kompaniyey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.03.2025
Kak v Samarkande realizuyetsya transportnaya model, razrabotannaya rossiyskoy kompaniyey
Rossiya kompaniyasi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra, Samarqand jamoat transportining samarali ishlashi uchun kamida 500 ta avtobus zarur. 2022-yildan buyon shaharga 230 dan ortiq past polli avtobuslar olib kelindi, shundan 100 tasi 10 metrlik elektrobuslardir. Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining "Yashil shahar" dasturi doirasida Xitoydan yana 250 ta elektrobus sotib olish rejalashtirilgan.

Qulay shahar infratuzilmasi

Albatta, jamoat transporti muammosini faqat yangi transport vositalarini sotib olish orqali hal qilib bo‘lmaydi. Bosh rejada Samarqandning yo‘l-transport tizimini takomillashtirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar nazarda tutilgan. Jumladan, 7 ta chorrahalar, 2 ta yo‘l o‘tkazgich, 18 ta ko‘prik qurish, umumiy uzunligi 130 km bo‘lgan yangi yo‘llar qurish, 120 km ichki va magistral yo‘llarni rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.
© Sputnik / Malika AbaydulinaKak v Samarkande realizuyetsya transportnaya model, razrabotannaya rossiyskoy kompaniyey
Kak v Samarkande realizuyetsya transportnaya model, razrabotannaya rossiyskoy kompaniyey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.03.2025
Kak v Samarkande realizuyetsya transportnaya model, razrabotannaya rossiyskoy kompaniyey
Yaqqol misol sifatida Samarqandda ikkita yer osti tunneli va avtomobil ko‘priklari qurilishini keltirish mumkin. Bu yirik loyiha Abu-Dabi taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan 300 million dollar mablag‘ bilan moliyalashtirilmoqda va o‘zbek-xitoy konsorsiumlari tomonidan shaharning asosiy yo‘llaridan biri – Gagarin ko‘chasida amalga oshirilmoqda.

Jamoat transporti ustuvor bo‘lishi kerak

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda har 1000 nafar fuqaroga 90 dan ortiq avtomobil to‘g‘ri keladi. Jahon miqyosida bu ko‘rsatkich ahamiyatsiz bo‘lsada, yo‘llari nisbatan tor bo‘lgan Samarqand uchun uchun bu jiddiy raqamdir. Yangi avtobuslar va qulay marshrutlar faqat jamoat transportiga yo‘llarda ustuvorlik berilganda samarali bo‘lishi mumkin. Quvonarlisi, rejalashtirilgan 32 km maxsus jamoat transporti yo‘laklaridan 10 km hozirning o‘zida barpo etildi. "Ajratilgan yo‘llar" Ibn Sino va Bo‘stonsaroy ko‘chalarida, shuningdek, Universitet bulvari hududida mavjud.
© Sputnik / Malika AbaydulinaKak v Samarkande realizuyetsya transportnaya model, razrabotannaya rossiyskoy kompaniyey
Kak v Samarkande realizuyetsya transportnaya model, razrabotannaya rossiyskoy kompaniyey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.03.2025
Kak v Samarkande realizuyetsya transportnaya model, razrabotannaya rossiyskoy kompaniyey
Rejaga ko‘ra, yangi va kengaytirilgan tramvay yo‘nalishlari va albatta, shahar atrofidagi temir yo‘l yo‘nalishlarining joriy etilishi yo‘llardagi tirbandlikni bartaraf etishga yordam beradi. Biroq, hozircha bu sohada hamda yangi avtobus bekatlari qurish borasida ham yangiliklar mavjud emas.

“Samarqand asta-sekin million aholiga yetadigan shaharga aylanmoqda, u albatta yaxshi rejalashtirilgan va qulay transport tizimiga ehtiyoj sezadi. Rossiya kompaniyasi tufayli bizda bunday model mavjud va biz uni bosqichma-bosqich amalga oshirmoqdamiz. Barcha rejalar amalga oshirilgandan so‘ng jamoat transportidan shaharning har uchinchi fuqarosi va mehmoni foydalanishi kutilmoqda, bu esa tirbandliklar, YTH va havoning ifloslanishini kamaytiradi,” — deb ta’kidladi Samarqand viloyati Transport boshqarmasi vakili Sherzod Xalilov.

© Sputnik / Malika AbaydulinaKak v Samarkande realizuyetsya transportnaya model, razrabotannaya rossiyskoy kompaniyey
Kak v Samarkande realizuyetsya transportnaya model, razrabotannaya rossiyskoy kompaniyey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.03.2025
Kak v Samarkande realizuyetsya transportnaya model, razrabotannaya rossiyskoy kompaniyey
Ayni paytda Samarqand shahrida har kuni 160 mingga yaqin yo‘lovchi jamoat transportidan foydalanadi va barcha o‘zgarishlarni hisobga olsak, bu ko‘rsatkich yanada o‘sadi.
Yangiliklar lentasi
0