Ramazon doim 30 kun bo‘ladi deb hukm chiqarish to‘g‘ri emas — Musulmonlar idorasi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovUzbekistane Ramazan xayit v 2023 godu otmechayetsya 21-aprelya
Uzbekistane Ramazan xayit v 2023 godu otmechayetsya 21-aprelya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.03.2025
Obuna bo‘lish
Musulmonlar idorasi: Ramazon oyi necha kun bo‘lsa, shuncha kun ro‘za tutiladi va o‘sha mukammal ro‘za hisoblanadi.
TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Hech kim o‘zicha Ramazon doim o‘ttiz kun bo‘ladi deb hukm chiqarishi aslo to‘g‘ri emasdir. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ramazon taqvimi 2025 — saharlik va iftorlik vaqtlari
Qayd etilishicha, milodiy sana oylari 28 yoki 29 hamda 30 yo 31 kunlik bo‘lgani kabi hijriy oylar, jumladan, Ramazon oyi ham gohida 29, gohida 30 kunlik bo‘lishi mumkin.
Hijriy oyning milodiy oydan farqi shuki, masalan, mart oyi doimiy ravishda 31 kunlik bo‘lsa, hijriy oylar yangi Oyning yangilanishi bilan bog‘liq bo‘lgani uchun qaysi oy necha kunlik bo‘lishi oyning ko‘rinishiga qarab aniqlanadi.
Aytilishicha, ko‘p islom mamlakatlarida amal qilinadigan hijriy-qamariy taqvim oyning falakdagi harakatiga asoslanadi. Yangi oy ko‘ringandan keyingi kun yangi oyning birinchi kuni hisoblanadi. Hijriy-qamariy oylar 29 yoki 30 kun bo‘ladi. Shu sababli hijriy-qamariy yil 354-355 kun bo‘lib, milodiy yildan 10-11 kun kam bo‘ladi.

“Ramazon oyi necha kun bo‘lsa, shuncha kun ro‘za tutiladi va o‘sha mukammal ro‘za hisoblanadi. Shunga ko‘ra, hech kim o‘zicha Ramazon doim o‘ttiz kun bo‘ladi deb hukm chiqarishi aslo to‘g‘ri emasdir. Bunday deyish sahih hadislar va ulamolar ijmosi (ittifoqi)ga ziddir. Ramazon oyi 29 kunlik bo‘lib kelgan taqdirda ham biz oyat va hadislarga muvofiq bir oy mukammal ro‘za tutgan bo‘lamiz...”, — deyiladi xabarda.

Ro‘za tutishga oid eng ko‘p uchraydigan savollar
2025 yil uchun zakot, fitr va fidya miqdorlari e’lon qilindi
Kurban xayit v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.03.2025
O‘zbekistonda Ramazon hayiti 30-mart kuni nishonlanadi
Yangiliklar lentasi
0