O‘zbekistonda energiyani tejash boshlanadi — tafsilotlar

© Unsplash / Matthew HenryEnergetika
Energetika - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.03.2025
Obuna bo‘lish
Ko‘chalarga quyosh panelli chiroqlar o‘rnatiladi.
TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev energiya resurslarini iqtisod qilish, iste’mol samaradorligini oshirish hamda ulardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
Qayd etilishicha, 2030-yilga borib O‘zbekistonda aholi soni 41 millionga yetishi, iqtisodiyot 2 karra o‘sishi kutilmoqda.
“Bu energiya resurslariga bo‘lgan talabni hozirgidan 1,5 karra oshiradi. Shuning uchun yangi loyihalarni ishga tushirib, quvvatni ko‘paytirish bilan birga energiyani tejash choralarini ko‘rish zarur”, — deyiladi xabarda.
Prezident ko‘rsatmasiga muvofiq, joylarda energiyani tejash imkoniyatlari olimlar ishtirokida ilmiy asosda o‘rganilmoqda.
Xususan:
Samarqand, Sirdaryo va Jizzaxdagi o‘rganishlarda 870 million kilovatt soat elektr va 420 million kub metr gazni iqtisod qilishning yangi imkoniyatlari aniqlandi;
bu viloyatlardagi kichik va o‘rta sanoat korxonalarida 35 mingga yaqin eskirgan uskunalarni tejamkoriga almashtirib, yiliga 385 million kilovatt soat elektr va 50 million kub metr gaz tejash mumkin.
Aytilishicha, 300 ta mahallada 100 megavattli kichik quyosh stansiyalari barpo qilib, shu yilning o‘zida 45 million kub metr gaz tejasa bo‘ladi. Bundan tashqari, kanal va soylarda quriladigan mingdan ziyod mikro GESlar hisobiga qo‘shimcha 175 million kilovatt soat elektr ishlab chiqariladi.
Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonga kichik GES yetkazib berishni boshladi
Ko‘chalarni yoritishga ham yiliga 200 million kilovatt elektr sarflanayapti. Quyosh panelli chiroqlar o‘rnatilsa, iste’mol 2 karra kamayadi.
“Shu kabi imkoniyatlar hisobidan, bu yil 1,1 milliard kub metr tabiiy gaz va 2,6 milliard kilovatt soat elektrni iqtisod qilish bo‘yicha qo‘shimcha reja olindi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Davlat rahbari yirik sanoat korxonalarida zamonaviy tejamkor uskunalar o‘rnatish, energiya isrofini kamaytirish zarurligini qayd etdi. Hukumatga bu sohada yangicha ijro va nazorat tizimida ishlash topshirildi.
Quyidagilar ma’lum qilindi:
ishxonalar va uy-joylarda energiyani tejash madaniyatini oshirish ham muhim;
elektr va gazni behudaga yoqib qo‘ymaslik, quyosh panellari va boshqa muqobil manbalardan foydalanish ham ancha hajmni tejaydi;
Farg‘ona vodiysi viloyatlarida aholi zich joylashganini hisobga olib, ularni energiya bilan ta’minlashda alohida yondashuv ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi;
bu tajriba bosqichma-bosqich boshqa hududlarda ham joriy etilishi ko‘zda tutilmoqda.
Uzluksiz elektr: O‘zbekiston elektr energetika sohasini qanday rivojlantirmoqchi?
Endi ayrim hududlar chiqindilardan elektr energiyasi ishlab chiqarishni boshlaydi — yangi qaror
Markaziy Osiyoning energiya xavfsizligi uchun qanday xavflar yuzaga kelmoqda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.03.2025
Markaziy Osiyo energiya xavfsizligining asosiy muammolari — video
Yangiliklar lentasi
0